Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar
uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
(1.2.3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda)
ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun
qo‘shimcha haq;
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon
koeffitsiyentlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
(1.2.3.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.2.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga
qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek
xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib
qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni
bajarishda).
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonunchilik bilan
belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq
ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish)
kunlari uchun haq to‘lash.
(1.2.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar,
navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar,
o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek
tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
(1.2.5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.2.5.2. Majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq
to‘lash;
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir
kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha
yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash.
1.2.6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash,


agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan
amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to‘lash xarajatiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin