uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit, piyelonefrit, sil, buyraktosh
kasalligi va boshqalar) oqibati boʻlib, buyrak toʻqimasining bujmayishi
(nefroskleroz) yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz) bilan davom etadi.
Tashnalik, ogʻiz qurishi,
teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas
aʼzolari, yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi.
Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi.
Davosi: oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi
("sunʼiy buyrak"
apparati bilan qon tozalanadi, kislotaishqor, suvtuz almashinuvi
rostlanadi); surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qoʻllaniladi, gemodializ
oʻtkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q.
Transplantatsiya).
BUYRAK SANCHIGʻI — buyrakning ayrim kasalliklari belgisi.
Birdaniga
belda qattiq ogʻriq turadi, baʼzan u chov sohasiga, songa, jinsiy aʼzolarga tarqaladi.
Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi. Baʼzan sanchiq
vaqtida kasal botbot siyadi (bu toshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq
ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boʻladi, harorati
koʻtariladi, taxikardiya, qonda leykotsitoz, ECHT tezlashadi. Buyrak sanchigʻi
koʻpincha
siydiktosh kasalligida, siydik yoʻllarida tuzlar toʻplanib qolganda,
gidronefroz, nefroptoz, buyrak sili hamda siydik nayi va buyrakning boshqa
kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Buyrak sanchigʻi ni oʻzga xastaliklardan
farqlashda urografiya juda qoʻl keladi. Sanchiq qayerda va qay tarzda boʻlishidan
qati nazar darhol tez yordam chaqirish lozim. Chunki qorin boʻshligʻining boshqa
oʻtkir jarrohlik kasalliklarida ham shunday sanchiq boʻlishi mumkin.
Bunday
hollarda kasallikni aniqlamasdan turib, oʻz bilgicha issiq yoki turlicha dori-
darmonlar qilish yaramaydi, aks holda tuzatib boʻlmaydigan ogʻir asoratlarga olib
kelishi mumkin. "Tez yordam" kelguncha papaverin,
noshpa yoki platifillin
tabletkalarini berish yoki inʼyeksiyalarini qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: