Mavzu: Ayirish sistemasi
Reja:
1.
Ayiruvning ahamiyati
2.
Buyraklar haqida umumiy ma’lumot
3.
Buyrak yetishmovchiligi
4.
Buyrak sanchigʻi
Buyrak
— odam
va umurtqali hayvonlarda
siydik
hosil qiluvchi va uni
ajratuvchi juft aʼzo;
loviya
shaklida, qorin boʻshligʻining orqa tomonida,
umurtqa
pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B.larning old yuzasini
qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir B.ning boʻyi 10—12 sm,
eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 g . Oʻng B.
tepasida
jigar
borligi tufayli, chap B.ka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. B.ning
yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. B.ning
umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi.
B.ning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. B. darvozasidan B.
arteriyasi
va
nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yoʻli chiqadi. Bularning hammasi
birgalikda B. oyoqchasi deb ataladi. B. ichida buyrak usti bezlari bor.
Moddalar
almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan
B. orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga B. organizm uchun zarur miqdordagi suv
va mineral tuzlarni saqlab, tashkariga chiqarmay qoʻyadi,
organizmning ichki
muhitini taʼminlaydi. B. siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina), siydik
kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. B.da biologik faol moddalar (renin,
prostoglandin va boshqalar) hosil boʻlib, ular qon tarkibi,
qon ivishi va kon
bosimini maromga solib turadi. B.ni fibroz parda, yog kapsulasi va biriktiruvchi
toʻqimadan iborat fassiyalar oʻrab, ushlab turadi. B. poʻstloq va magʻiz
qismdan
iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4–13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi
joylashgan; u 12—15 ta konussimon B. piramidalaridan iborat. Yondosh
piramidalar orasiga poʻstloq qism suqilib kirgan boʻlib, B. ustunchalarini hosil
qiladi. Piramidalar oʻrtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu
nefronlarda siydik hosil boʻladi, bunda suyuklik qondan sizib oʻtadi (filtrlanadi),
qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron B. tanachalari bilan siydik
kanalchalaridan iborat. Siydik B. tanachalarida filtratsiya yoʻli bilan paydo boʻladi.
B. tanachasi qoʻsh devorli kapsula (Shumlyanskiy—Boumen kapsulasi) boʻlib,
devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu
boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor.
Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta soʻriladi,
konsentratsiyasi oshadi va
shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qoʻshilib, yirikroq yigʻuvchi
kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan B.ning avval kichik, keyin katta
kosachalariga va nihoyat B. jomiga oʻtadi, undan siydik yoʻli
orqali qovuqqa
quyiladi. B.dan oʻrtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon B.dan bir
kechakunduzda oʻrtacha 360 marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun
B.ka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli boʻlishi kerak. Agar qon
bosimi pasayib B.ka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi.
Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining sikilishi tufayli
qon bosimi
koʻtarilib, B. bosimi paydo boʻladi. B. rivojlanishida nefron naychasining uchi
berk boʻlsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya
oʻrganadi.