154
musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yax-
shi taraqqiy etadi.
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan
zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir
mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish
bo‘lgan.
Har bir kitob qog‘ozidan
tortib muqovasigacha, siyohidan
tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida
tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun
uzoq vaqt sabr-matonat
va ishtiyoq bilan mashq qilish,
mukammal savodli, badiiy didi
baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z
usuli va
uslubini shogird lariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari
davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot
Mirali Tabriziy
(1330–1404)
nasta’liq
deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi.
Xush navis
xattotlardan biri
Sultonali Mashhadiy
(1432–1520) edi.
Sul-
tonali
tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina
qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan.
Dostları ilə paylaş: