O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Mirxond
Alisher Navoiyning ko‘rsatmasi va homiyligi 
bilan “
Ravzat us­safo
” (“Jannat bog‘i”) asarini yozadi. 
Xondamir
ning ta’kidlashicha, 
Mirxond
asarni oxiriga yetkaza 
olmagan. Keyinchalik ushbu asarni 
Xondamir
ning o‘zi yozib 
tugatgan. “
Ravzat us­safo
” asarida dunyoning yaratilishidan 
to 1523-yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq 
mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng 
bayon etilgan. 
Mirxond
ning bu asari Sharq mamlakatlarida 
katta shuhrat qozonadi. Dunyo kutubxonalarida “
Ravzat 
us­safo
” asarining ko‘pgina qo‘l 
yozma nusxalari mavjud. 


153
Yevropada Mirxondning asari ancha vaqtgacha Sharq tarixi 
bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
Mirxondning nabirasi 
Xondamir_(1475–1535)_ham_o‘z_davrining_mashhur_tarixchisidir._U_hazrat_Alisher_Navoiyning_shogirdi_edi.__Xondamir'>Xondamir
(1475–1535) ham o‘z 
davrining mashhur tarixchisidir. U hazrat Alisher Navoiyning 
shogirdi edi. 
Xondamir
15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning 
diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning 
yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi. 
Xondamir
o‘zining keng ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim 
va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi. Navoiy 
Xondamir haqida “
Majolis un­nafois
” asarida quyidagilarni 
yozib qoldirgan: “
Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir 
va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida mahorati bordir
”. 
Xondamir
sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin 
asarlar yozib qoldirgan. 
Xondamir
o‘zining o‘lmas tarixiy 
asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini boyitdi va 
ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 
Xondamir
o‘z asarlarida 
xalqimizning o‘tmish tarixi va voqea-hodisalarini go‘zal qilib 
tasvirlagan. Ayniqsa uning “
Habib us­siyar
” asari O‘rta Osiyo, 
eron va Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi 
choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va 
qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin