devon ad- dar da ko‘rib chiqar edi.
Devon ad-dar uchta asosiy devonga
bo‘lingan: devon al-mashriq, devon al-mag‘rib va devon al-
xaraj. Movarounnahrga tegishli masalalar
devon al-mashriq da
hal qilinar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlardi yoki bo‘shata
olardi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur’oni karim va
Payg‘ambar (s.a.v) ko‘rsatmalari, nasihatlariga asoslangan
holda ko‘rib chiqilgan.
Shunday qilib,
VIII asr o‘rtalari ga kelib Movarounnahrda
siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan
edi. So‘g‘diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning
qo‘li ostidagi ma’muriy-idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan
bo‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari
shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z
huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida Islom
dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar
o‘z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to‘lar edilar. Shu
tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e’tiqodiga
o‘z ta’sirini o‘tkaza oldilar.
1 . Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga
keldi?
2 . Abu Muslim aholini nimaga da’vat qildi?
3 . Abu Muslim qo‘zg‘oloni qanday oqibatlarga olib keldi?
4 . Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Movarounnahrda ah-
vol qanday o‘zgardi?
5. Abbosiylar davrida Movarounnhrdagi boshqaruv tartibi haqida
gapirib bering.
41
III B O B MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI 12-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR Tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat