Eslatma!
Quyida urg„usini topish qiyin bo„lgan so„zlardan misol kеltiramiz:
afsu`ski
ahi`l
alba`tta
astrano`miya
audito`riya
a`llakim
a`mmo
a`slo
a`tom
ba`rcha
bola`mday
broshyu`ra
dafta`r
dire`ktor
dotse`nt
dóim
gaze`ta
ga`rchi
gu`lday
hami`sha
ha`mma
ha`r kim
ha`tto
he`ch kim
izoto`p
karti`na
ke`lsin
ki`mdir
konstitu`tsiya
ku`ldir
la`mpa
le`kin
le`ksiya
matema`tika
mudi`r
muhi`m
muhi`t
mumki`n
muni`s
nafi`s
o`blast
o`braz
o`shiq
o`yday
po`yezd
qa`ncha
qa`ysi
qi`p-qizil
ra`dio
respu`blika
13
ru`chka
sanato`riya
shamo`lday
si`los
to`nna
tra`ktor
ya`m-yashil
za`vqim
ze`ro
vodoro`d
FONETIK HODISALAR
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan
tovushlarning o‘zaro ta‘siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi
fonetik hodisalar
deyiladi.(Tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi). Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi
natijasida so‘zda tovush o‘zgarishi
fuziya
ham deyiladi. Fonetik hodisalar unli tovushga
ham, undosh tovushga ham xos.
1.
Tovush tushishi:
Men + ni (-ning, -niki) = meni, mening, meniki
Sen + ni (-ning, -niki) = seni, sening, seniki
Ikki (olti, yeti) + ov (-ala, -ovlon) = ikkala, ikkov, ikkovlon
Yig‘i + la = yig‘la
O‘yin + a = o‘yna
Qiyin + a = qiyna
Ulug‘ + ay = ulg‘ay
Sariq + ay = sarg‘ay
Past + ay = pasay
Sust + ay = susay
Buyur + uq = buyruq
Og‘iz + aki = og‘zaki
Ayir + i = ayri
Ayir + im = ayrim
Ayir + il = ayril
Qayir + il = qayril
O‘tir + oq = o‘troq
Ingir + a = Ingra
Ho‘ngir + a = ho‘ngra
O‘rin + a =o‘rna
Qizil + ar = qizar
O‘g‘il, o‘rin, egin, og‘iz, bo‘yin, qo‘yin, singil, ko‘ngil, qorin, bo‘g‘iz, yarim, burun,
shahar, zahar + (egalik qo‘shimchalari: -i, -im, -ing, -imiz, -ingiz =o‘g‘li, egni, og‘zi, egni,
qorni, zahri, qo‘ynim, bo‘g‘zim, og‘zi, shahri, singlim, yarmi, burni.
ESLATMA!
Ayta oldi – aytoldi, qila oldi – qiloldi kabilarda tovush tushishi yuz beryapti.
14
ESLATMA!
Edi, ekan, emish
to‘liqsiz fe‘llari o‘zidan oldingi so‘zga –
di, -kan, -mish
shaklida qo‘shilishi mumkin. Bunda tovush tushishi yuz beradi.
Bilar edi – bilardi; borar ekan – borarkan, yozar emish – yozarmish.
Misollar:
1.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib, yana bag‘riga qaytdi.( 4 ta so‘z:
ikki + ala = ikkala, o‘g‘il + i = o‘g‘li, ulug‘ + ay = ulg‘ay, bag‘ir + i = bag‘ri )
2. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar( 2 ta
so‘z: olti + ovlon = oltovlon, og‘iz + i = og‘zi)
3. Singlimning hozirgina yig‘lab turgan o‘g‘li bag‘rida uxlab qoldi. ( 4a ta so‘z: singil +
im =singlim, yig‘i + la = yig‘la, o‘g‘il + i = o‘g‘li, bag‘ir + i = bag‘ri)
4. Ayrim rotalarni o‘rnidan ko‘chirish haqida og‘zaki buyruq berildi (4 ta so‘z: ayir + im = ayrim,
o‘rin + i = o‘rni, og‘iz + aki = ag‘zaki, buyur + uq = buyruq )
Dostları ilə paylaş: |