Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish



Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
Xolmanova Z.Т. 
TILSHUNOSLIKKA KIRISH
 
Toshkent -2007 
Ushbu qo‘llanma oliy o`quv yurti, litsey, akademik litseylar, 
kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tilning 
mohiyati, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur munosabati, dunyo 
tillari tavsifi va tasnifi, til fanining bo‘limlari haqida umumiy 
ma’lumot berish, til haqidagi bilim ko‘nikmalarini chuqurlashtirish 
maqsadini qo‘yadi. 
Mazkur 
qo‘llanmadan 
til 
xususiyatlarini, 
fan 
asoslarini 
o‘rganuvchi barcha qiziquvchilar, jumladan oliy o‘quv yurtiga kirish 
maqsadidagi tinglovchilar foydalanishi mumkin.
 
 
Muharrir:
f.f.d. H.DADABOYEV 
 
Taqrizchilar: f.f.n., dots M. QODIROV 
f.f.n., dots Z. HAMIDOV 
 
Mazkur qo‘llanma O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti oquv-
metodik kengashi yig‘inida hamda fakultet Ilmiy kengashining 2005 
yil 10 iyuldagi majlisida tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

2
KIRISH 
 
“ Tilshunoslikka kirish” kursi tilshunoslik fani haqida asosiy 
ma'lumot beradi. Mazkur kitob “Tilshunoslikka kirish” predmeti 
haqidagi darslik, o‘quv qo‘llanmalari hamda ma’lum pedagogik 
tajribalar asosida tayyorlangan bo‘lib, til ilmi haqidagi muhim 
jihatlarni o‘rganishga qaratilgan. Mavzular muayyan izchillikda 
talabalarning 
fikrlash 
qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda 
joylashtirilgan. 
Mazkur qo‘llanmaning qayd etilgan tarzda tuzilishi: 
-talabalarning umumta’lim tahsili jarayonida olgan bilimlarini 
umumlashtirishni va mustahkamlashni; 
-tilning o‘ziga xos tabiatini tahlil etishni;
-til va jamiyat; til va tafakkur; til va nutq munosabatlarini 
o‘rganishni; 
-til birliklarining o‘zaro mutanosib, yaxlit tizim sifatida namoyon 
bo‘lishini; 
-til fanining har bir bo‘limi mohiyatini yoritishni; 
-til fani bo‘limlarining o‘rganish obyektini tushuntirishni
-talabalarda ’Tilshunoslikka kirish” kursi doirasida mustaqil 
fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
«Tilshunoslikka kirish” til ilmining mohiyati haqida dastlabki 
ilmiy ma’lumotlar asosidagi fan ko‘nikmalarini shakllantirishga 
xizmat qiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirayotgan talaba tilshunoslik 
sohalari, fan bo‘limlari haqida atroflicha bilimni egallashi lozim. 
Uhbu qo‘llanmada tilning o‘ziga xos tabiati, tilshunoslik 
masalalari, 
tilshunoslik 
bo‘limlarining 
mazmun-mohiyati 
talabalarning 
milliy-lisoniy 
ko‘nikmalariga 
asosan 
hamda 
mutaxassislik yo‘nalishiga ko‘ra o‘zbek tili misolida yoritildi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

3

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin