Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Suv o ‘tkazmaslik. 
Betonning suv o ‘tkazmasligi suv sizib o ‘tmagan 
holatdagi eng kichik bosim (kgs/sm2) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmas- 
lik balandligi va diametri 15 sm. bo‘lgan beton namunalar standart usulda 
sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12. 
Betonning suv o ‘tkazmasligi g ‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga, 
y a’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar 
kam, mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa, suv o ‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o ‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usuldazichli- 
gini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimcha- 
lar kiritiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o ‘miga kirishmaydigan 
yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish betonning suv o ‘tkazmasligini 
oshiradi. Betonga suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti flltrlanishi 
mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, 
rezervuarlarda qo‘yiladi.
Sovuqqa chidam lilik. 
Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki 
zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalami 
buzadi. Sovuqqa chidamlilik betonning g ‘ovakligiga va g ‘ovaklikning 
xarakteriga bog‘ liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda 
past bo‘ladi. Shu sababli tarkibi to‘g ‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, 
mustahkam betonlaming sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Betonning sovuqqa chidam liligi tomonlari 10, 15, 20 sm. kub 
shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa 
chidamlilik bo'yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo'linadi: F 50, F 
75, F 100, F 150, F 200, F 300, F 400, F 500.
85


Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob, 
difil qo'shimchalar, zichlashtiruvchi mineral kukunlar kiritish, konstruksiya 
yuzasini yupqa o ‘rama yoki sepiladigan izolyatsiya materiallari bilan 
himoyalash, yuza qismlari maxsus polimerlar bilan shimdiriladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin