Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


 Y ig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

7.3. Y ig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish
Y ig‘m a tem irbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi 
asosiy texnologik jarayonlardan iborat: beton qorishmasini tayyorlash, 
armaturani tayyorlash, qolip tayyorlash, konstruksiyani armaturalash, 
qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, konstruksiya yuzasini pardozlash, 
omborxonalarga joylashtirish.
B eton q orishm asini tayyorlash . 
Temirbeton zavodlarida beton 
qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish 
texnologiyasi batafsil 6 - bobda berilgan.
Arm atura tayyorlash. 
Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari 
maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura 
sterjenlari va simlari kalavalar hamda o ‘ramlarni maxsus stanoklarda 
metall zaklardan va zanglardan tozalanadi, to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda 
qirqiladi. Alohida sterjenlar ko‘p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt 
usulida payvandlab armatura karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar 
va qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermomexanik 
usulida beton quyilmasdan oldin amalga oshiriladi.
105


Ular stend yoki qolipning chekka qismiga moslamalar yordamida 
mahkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 M Pa dan 
ortgahda mahkamlangan armatura bo‘shatiladi.
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. 
Qoliplash jarayoni quyidagi 
asosiy operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplami tozalash; yig‘ish va moy- 
Iash, qolipga armaturani joylashtifish, qolipga beton qorishmasi quyish va 
zichlashtirish.
Konstuksiyalaming sifati qolip o ‘lchamlari aniqligiga va bikrligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar po‘lat listlardan, metallar qotishmalaridan va 
shishaplastiklardan tayyorlanadi.
Beton quyishdan a w a l qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi 
shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus 
emulsion tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli beton quygichlar yordarmida qiyiladi. 
Beton quygichning turi qoliplanadigan konstruksiyaga bog‘liq. Yuzasi 
katta plitalar, panellar ushbu buyum enini qoplaydigan beton quygich 
mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar, 
badyalar, transporter kabi beton quygichlar yordamida qoliplanadi.
Konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari 
ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, 
sentrifugalash va h.k. Keng tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib, 
titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonni zichlashtirishga imkon 
beradi. Q o‘z g ‘almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik 
titratkichlari vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich 
maydonchalari va to ‘sinchalari yordamida zichlashtiriladi. Bikr va o ‘ta 
bikr beton qorishmalari titratish-vakuumlash, titratish-prokatlash va shu 
kabi aralash usullarda zichlash-tiriladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin