Axborot texnologiyalari – bu
odamlarning
bilimlarini
rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish
bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish,
saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir.
Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda,
ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil
etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish va
ularni uyg‘unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati
yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta,
buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o‘rganish, jarayonlardagi
va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar
zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini tahlil
etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Jarayonlar - bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum
harakatlarmajmuasidir.
Ayni paytda axborot texnologiyasi haqida fikr yuritganda
«yangi»,«kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so‘zlarini ko‘shib
ishlatiladi.Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasi (AKT)-bu
zamonaviykompyuterlar
va
telekomunikatsion
vositalaridan
foydalanadigan,foydalanuvchi ishlashi uchun «do‘stona» interfeysga ega
bo‘lgan axborottexnologiya demakdir.
«
Axborot texnologiyalari - axborot resurslari bilan ishlashning
usullari va vositalari, o‘rganilayotgan ob'ekt haqidagi yangi axborotni
olish uchun a'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish usullari
haqida ma'lumot to‘plami".
Axborot texnologiyalari - ma'lumot bilan ishlash uchun maxsus
usullar, dasturiy ta'minot va apparat (kino, audio va video asboblar,
kompyuterlar) dan foydalanadigan pedagogik texnologiya.