3
Kirish
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar va turlicha fikrdalar.
Yapon
olimlarining
hisoblashicha,
axborotlashgan
jamiyatda
kompyuterlash-tirish jarayoni odamlarga
ishonchli axborot manbaidan
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta
ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon
beradi. Jamiyatni rivojlantirishda xarakatlantiruvchi kuch moddiy
maxsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy
maxsulot esa axborot jihatdan ancha serchiqim bo‘ladiki, bu uning
qiymatida
innovasiya, dizayn va marketingning ulushi oshishini
anglatadi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun
turmush tarzi ham o‘zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatda farqi
shunday bo‘ladi, axborotlashgan
jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab
chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat
darajasi ko‘payadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga
ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini
kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari,
axborot texnologiyalari,
telekommnikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Ta’lim
jarayonida
talabalarni
har
tomonlama
bilimini
mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi va
vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida kompyuter va axborot
texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o‘quv
jarayonida qo‘llash nafaqat talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining
yuqori bo‘lishini, balki ta’lim samaradorligining ham yuqori bo‘lishini
ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir oliy o‘quv yurti yoki
kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilari yuqori malakali va zamon
talablariga mos keladigan mutaxassis bo‘lib yetishishlari lozim.Shunday
ekan, har bir mutaxassis o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega
bo‘lishi bilan birga hozirgi kunda barcha
sohalarni keng qamrab
olayotgan kompyuter bilan bevosita muloqot qila oladigan,zamonaviy
axborot texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq eta olish malakasiga ega
bo‘lishi kerak.
Buning uchun dastlab o‘qitish jarayonida har bir fanni zamonaviy
axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatish zarur bo‘ladi.
Ta`lim sohasini kompyuterlashtirish, unga ahborot texnologiyalarini
joriy qilish bilan bog‘liq muammolarni
tadqiq qilishda muayyan
4
yutuqlarga erishilgan bo`lsada, bu sohada yechimini kutayotgan
masalalar ham talaygina.
Bu esa ta’lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish
va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish
samaradorligini oshirish
borasida
yangicha
mazmun
va
mohiyat
shakllanishiga
asos
yaratmoqda.Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda
o‘qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini
yetkazish alohida ahamiyatga ega.
O‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, u “Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti”,
«Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»,”Axborotlarni qayta
ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim tizimida Internet tarmog‘idan
foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogik dasturiy vositalari“ va
“Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish texnologiyalari”
mavzulari
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy
va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan.
O‘quv qo‘llanma “Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti”,
«Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»,”Axborotlarni qayta
ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim tizimida Internet tarmog‘idan
foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogic dasturiy vositalari“ va
“Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish texnologiyalari” mavzulari
to‘g‘risida umumiy nazariy ma’lumotlardan iborat bo‘lib, takrorlash
uchun savollar, nazorat uchun test savollari
va foydalanish uchun
adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.
Bundan tashqari o‘quv qo‘llanmadan “Axborot texnologiyalarining
texnik
ta’minoti”,
«Axborot
texnologiyalarining
dasturiy
ta’minoti»,”Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim
tizimida Internet tarmog‘idan foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogik
dasturiy vositalari“ va “Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish
texnologiyalari” mavzularini nazariy va amaliy o‘rganishga qiziqqan
barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy
o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin.