O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Biologiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini ayting?
2. Mazkur rejani tuzishd
a о‘qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim?
3. Biologiyadan mavzuli taqvim reja tuzishning mohiyatini ayting? 
4. Istiqbolli reja nimaga asoslanadi? 
5. Dars mazmuniga qarab rejalar tuzish qanday amalga oshiriladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
99 


15-§ BIOLOGIYADAN YILLIK ISTIQBOL VA MAVZULI REJA TUZISH 
YО‘LLARI. 
Ma’lumki, umumiy 
о‘rta ta’lim maktablarida biologiyani о‘qitishning asosiy 
shakli dars sanaladi. Darsda 
о‘quv fani yuzasidan asosiy о‘quv materiali 
о‘rganiladi, lekin dars о‘qitishning boshqa shakllari bо‘lgan darsdan tashqari 
ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog‘liq. Darsdan 
tashqari ishlar masalan, tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan 
kuzatishlar va 
о‘tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan 
gerbariylar 
va 
kolleksiyalardan 
darsda 
foydalaniladi. 
Sinfdan 
tashqari 
mashg‘ulotlar 
о‘quvchilarning biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilim va 
kо‘nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli 
ravishda 
yо‘llashga xizmat qiladi. Demak, biologiyani о‘qitishda dars, darsdan 
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalardan 
о‘z о‘rnida 
rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni 
о‘qitishga tizimli yondoshuvni amalga 
oshirilishi lozim. 
О‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish 
asnosida biologik ta’lim samaradorligiga erishish
о‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda 
о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr 
yuritishga 
о‘rgatishni nazarda tutadi. Biologiyani о‘qitishda tizimli yondoshuvni 
amalga oshirish uchun 
о‘qituvchi о‘quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim. 
Mazkur reja biologiyani 
о‘qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab 
olishi, 
о‘quv dasturidan о‘rin olgan boblar va mavzular bо‘yicha darslar tizimi
о‘quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda о‘tkazish muddatlari, 
fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi. 
Biologiya 
о‘qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun: 
О‘quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, 
bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq 
tasavvur qilishi; Mavzularni 
о‘qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy 
va rivojlantiruvchi maqsadlari
о‘quvchilarda shakllantiriladigan biologik 
100 


tushunchalar, tarkib toptiriladigan 
kо‘nikmalarni hisobga olgan holda о‘qitish 
metodlari, 
kо‘rgazma vositalarini tanlashi. О‘quvchilar tomonidan о‘tkaziladigan 
kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi; Darsda namoyish 
etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; Har bir darsda 
ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog‘lanishlarni amalga 
oshirish 
yо‘llarini belgilashi; О‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va 
tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil 
о‘qish uchun qо‘shimcha adabiyotlarni 
tanlashi; Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun 
zarur 
bо‘ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim. 
Xulosa qilib aytganda, 
о‘qituvchi istiqbol rejada о‘qitish jarayonining 
yaxlitligini nazarda tutishi, 
о‘z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, 
unda 
о‘qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni 
о‘tkazish muddatlari kо‘rsatilgan bо‘ladi. 
Biologiyani 
о‘qitishda foydalaniladigan istiqbol rejani tuzish uchun quyidagi 
jadval namuna sifatida berilmoqda. 
2-jadval 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin