IV-BOB. BIOLOGIYANI O’QITISHDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALAR
16-§ BIOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim
muassasalarida
о‘qitiladigan barcha о‘quv fanlarini ilg‘or pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlashni
kо‘zda tutadi. Shu sababli barcha о‘quv fanlari
kabi biologiyani
о‘qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon
talabi sanaladi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim
о‘z nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga
tо‘liq va yagona
ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig‘i
YUNESKO
tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya –
о‘qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida
о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni
qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar
o’quv qo’llanmasidir. Bu yerda, inson salohiyati deyilganda,
о‘qituvchining
pedagogik va
о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati, texnik resurslar deganda
о‘qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda.
Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirish maqsadida
о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida
о‘qituvchining pedagogik va о‘quvchining о‘quv-bilish faoliyatini uyg‘un ravishda
tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali
о‘qitish
metodlari, vositalari va shakllarini
qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga
imkon beradigan tizimlar o’quv qo’llanmasidir.
Dostları ilə paylaş: