Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 497,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix11.10.2023
ölçüsü497,82 Kb.
#153825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Noutbuk kompyuterlar.
Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, 
ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga 
ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, 
ham 
ichiga 
o`rnatilgan 
batareyalarda 
uzluksiz 
(batareyani 
har 
safar 
almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u 
batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni 
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, 
bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga 
tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. 
Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan 
ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion 
sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va 
boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. 
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham 
ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va 
ular turli soha masalalarini yechishga qodir. 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz 
Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif 
qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda 
ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida 
ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda 
programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar 
ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan 
tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan 


masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan 
buyruqlar 
(operatorlar) 
ketma-ketligidir. 
Programmalash 
tilida 
tuzilgan 
programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga 
o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum qoidalar asosida 
yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha 
avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga 
kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil 
etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.

Yüklə 497,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin