7.1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish,
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularning butligini
ta’minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
191
- material qiymatliklarni joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda
foydalanish ustidan nazorat qilish;
- materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;
- belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;
- material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish,
yo‘ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va
hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning
hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va
ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab
chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan
mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan
(preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda
korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan
hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan)
materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin.
Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib,
192
ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo‘shib
belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ
hisobga olishda qo‘llaniladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks
ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati)
quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari,
mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga
to‘lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan
soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari,
xizmat ko‘rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha
qo‘shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar
harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar
o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi
kerak. SHuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi
deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib reja yoki
shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga
etkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va
foizi chiqariladi.
Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho
berish imkoniyatini yaratadi. Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan
farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar
guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga
qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
193
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
- o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli –
materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha
narxlar asosida hisobdan chiqarish;
- o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim.
FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va
keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi;
- o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim,
LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo‘yicha
pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi.
Misol.
Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olngan:
Sotib olingan sana
Miqdori
(dona)
Narxi
(so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
15.03.15
1000
600
600.0
20.03.15
1700
800
1360.0
25.03.15
1500
900
1350.0
Jami
4200
3310.0
Xo‘jalikda oy mobaynida 2800 dona material sarflandi va omborda 1400 dona
material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab
chiqamiz.
O‘rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar
birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki
ishlab chiqarilganlarning o‘rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Xo‘jalik
yurituvchi subektdagi vaziyatga qarab o‘rtachasi davr oxirida yoki har bir
qo‘shimcha qabul qilingani bo‘yicha hisoblab topiladi.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo‘llash tavsiya
qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo‘llash ma’qul.
194
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1000
600
600.0
2-partiya
1700
800
1360.0
3-partiya
100
900
900.0
Jami sarflangan material
2800
788.1
2207.0
Ombordagi qoldiq
1400
788.1
1103.0
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-
BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo‘llashni tavsiya qilinadi. Bu
usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi
sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-
material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1000
600
600.0
2-partiya
1700
800
1360.0
3-partiya
100
900
900.0
Jami sarflangan material
2800
2860.0
Ombordagi qoldiq
1400
900
1260.0
Xalqaro andazalar tomonidan TMZni hisobga olish va baholashda LIFO
usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan
tovar – material zaxiralar (TMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga
sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib
olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
SHunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallarni ishlab chiqarish
xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob
siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim.
195
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1500
900
1350.0
2-partiya
1300
800
1040.0
3-partiya
-
-
-
Jami sarflangan material
2800
2390.0
Ombordagi qoldiq
400
1000
800
600
320.0
600.0
Jami qoldiq
1400
920.0
Dostları ilə paylaş: |