234
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek
21 yoshga chiqmagan etim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 %
miqdorida.
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha
to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish
haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat
haqiga kiritilmaydigan bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar
kiradi.
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy
oyligiga amaldagi Nizomga
27
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar
summasi qo‘shiladi.
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha haqlar inobatga
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: