1-rasm
2) Dastur vositalari:
Dasturlar:
sistemali-operacion va amaliy dasturlarga bo`linadi. Operacion
dasturlar-foydalanuvchini
komp`yuter
bilan muloqot qilishida vositachi bo`lib xizmat
qiladi. Ular, yordamida
tezkor xotiradan foydalanish, disketlardagi axborotlarni o`qish,
axborotlarni disketga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish kabi amallar bajariladi.
Amaliy dasturlar
- u yoki bu grafik axborotlar uchun tuziladi va komp`yuterga
kiritiladi. Dasturlar Beysik yoki Paskal` tilida tuziladi. Ushbu o`quv qo`llanmada
komp`yuter
grafikasida
loyixalashning
avtomatlashtirilgan
tizimi
AutoCAD
programmalaridan foydalanib, grafik axborotlarni komp`yuterda bajarishni o`rgatiladi.
Bunda, foydalanish uchun ishlab chiqilgan AutoCAD ning oxirgi versiyalaridan AutoCAD-
2006 dasturlaridan foydalaniladi.
AutoCAD 2006 ni yuklash
Ma`lumki, komp`yuter quyidagi ketma-ketlikda elektr tarmog`iga ulanadi, ya`ni
yuklanadi: PROCESSOR-MONITOR-PRINTER va boshqalar. Uni o`chirish esa, aksincha
bo`ladi: PRINTER-MONITOR-PROCESSOR. Komp`yuter
tarmoqqa ulangach, ekranning
chap tomonida ustun ko`rinishida unga kiritilgan asosiy programmalar, «Yarliuk»-ramziy
belgi ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Ular orasidan «AutoCAD 2006»
ga kursorni
«Sichqon» yordamida olib kelib, uning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba yuklanadi.
ekranda qum soat bilan kursorni strelkasi yonma-yon paydo bo`ladi va biroz vaqt o`tgach
1
2
4
3
3
5
5
ekranda «AutoCAD 2006» darchasi 2-rasmda keltirilgan ko`rinishda paydo bo`ladi. «OK»
tugmasi bosiladi. Shunda, «Seminar po novium vozmojnostyam» darchasi paydo bo`ladi.
2 -rasm
Mazkur seminar AutoCAD 2006 dasturidan foydalanishga o`rgatish uchun
mo`ljallangan. Darchaning chap pastki qismida joylashgan «OK» tugmasini bosib, keyingi
darchaga o`tiladi, (3-rasm).
Navbatdagi darchada o`rganuvchilar uchun ma`lumotlar ro`yhati keltirilgan. Agar,
foydalanuvchilarning ularga ehtiyoji bo`lmasa, bu darcha yuqori o`ng
tomondagi qizil
rangdagi o`chirish – ekrandan yo`qotish tugmasi yuklanadi.
3
-
rasm
Natijada, ekranda AutoCAD 2006 dasturining aynan, 5-rasmda tasvirlangan kabi
ishchi stol yoki foydalanish interfeysi paydo bo`ladi.
Aslida, ishchi stolining o`rtada
qismi modellar fazosi deb ataluvchi soha qora rangda bo`ladi.
Mutaxassislarning fikricha,
bunday rangda chizilgan oq rangli chiziqlar va ularga rang berilganda, foydalanuvchini
charchatmay, tasvirdagi turli ranglarni oson va qulay anglab olishni ta`minlaydi. Ammo,
ekrandagi tasvirlarni boshqa dasturlaga ko`chirilganda (masalan, Word)ga matn
sahifalarining qora rangda bo`lishi maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Shuning uchun,
ekranni
oq ranga o`tkazishga to`g`ri keladi. Bunda, ekranning «Tushuvchi menyular qatori»dagi
«Сервис» buyrug`ini yuklash orqali «Настройки» buyrug`ining oynasi ochiladi, (4-rasm).
Oynadagi yuqoridan ikkinchi bo`lib joylashgan «ekran» darchasi yuklanib, «Цвета»-ranglar
tugmasi bosiladi. Shunda, ekranda yangi «Устоновка цветов»-ranglarni o`rnatish darchasi
paydo bo`ladi. Undan «Cvet» buyrug`ining tugmasi yuklanib, taklif etilgan standart
ranglardan biri masalan, oq rang tanlanadi. Bu darchadagi «Принять» tugmasi va dastlabki
oynadagi «OK» tugmasi yuklanadi. Natijada, darcha va oynalar ekrandan yo`qolib,
modellar fazosi oq rangda tasvirlanib qoladi.
4-rasm
Modellar fazosini qora ranga o`tkazish uchun, yuqoridagi amallar takrorlanib, taklif
etilgan rang uchun qora rang belgilanadi.