Kompyuterda loyihalash usullari.
AutoCAD dasturining yaratilganligiga 30
yilga yaqinroq, grafik dasturlari orasida
hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop,
hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan dastur bo`lib, u har qanday turdagi sxema va
chizmalarni
yuqori
aniqlikda,
sifatli
bajaradi.
Shuningdek,
bu
dasturdan
foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to`la amalga oshirishga yordam beradi. Shu
sababli, millionlab
loyihachi mutaxassislar, olimlar, injener-texniklar va talabalar, ya`ni
dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari 18 tilda loyihalash ishlarini bajarishda AutoCAD
tizimidan foydalanishlari odatiy holga aylanib qoldi.
AutoCAD dasturi 1982 yilda yaratilganligiga va uning
millionlab fodalanuvchilari
bo`lishiga qaramay, Respublikada maktab o`quvchilari va talabalar «Informatika» va
«Chizmachilik» fanlarini o`qish jarayonida grafik dasturlardan «Paint», «Microsoft Office
Word» dasturining «Risovanie» va «Beysik» dasturining grafik tahrirlaridan foydalanishni
o`rganadilar. Lekin, bunday grafik dasturlarda grafik yasashlarni avtomatlashtirish
imkoniyatlari past bo`lib deyarli yo`qdir. Ushbu o`quv qo`llanmada loyihalash ishlarini
avtomatlashtirishning grafik dasturi bo`lgan, AutoCAD tizimi imkoniyatlari bilan tanishib,
xatto
maktabda ham, chizmachilik, naqqoshlik kabi mashg`ulotlarda grafik buyruqlar
yordamida chizma
primitivlarining elementlarini, ya`ni tarkibiy qismlarining chizmalarini
1-2-3 va 4-mashg`ulotlarda bajarishga o`rganib chiqib, olingan bilim, ko`nikma va amaliy
malaka asosida 1-grafik ish-«Tutashuv» vazifasini bajarishlari mumkin.
AutoCAD tizimida grafik
axborotlarning elementlari, ularga mos bo`lgan tayyor
buyruqlar paketidan foydalanib, berilgan o`lchamlarini komp`yuterga kiritib,
bevosita
muloqatlar ketma-ketligi asosida tasvirlar bajariladi.
Muhandislik komp`yuter grafikasi mashg`ulotlarining mavzularini tanlashda
o`quvchilarni chizma primitivlarini komp`yuterda bajarishga o`rgatishdan boshlash,
maqsadga muvofiq deb belgilandi. Chunki, chizma primitivlarini komp`yuterda
bajarishni
yaxshi o`zlashtirib olgan o`quvchi yoki talabalar, har qanday murakkablikdagi tasvirlarni
ham komp`yuterda bajara oldilar.
Ma`lumki, AutoCAD tizimiga oid ko`plab zamonaviy adabiyotlar yaratilgan.
Birinchidan, ular juda katta hajmda chop etilgan bo`lib, kamida 400-450 sahifadan iborat va
bizga etib kelganlari rus tilida yozilgan. Bunday darsliklardan o`quvchi
va talabalarning
foydalanishlari juda ham noqulaydir. AutoCAD dasturining darsligi ham rus yoki ingliz
tilida yozilgandir. Shuning uchun, biz bu risolani yaratishga va barcha o`quv maskanlarida
muhandislik grafikasi fanini o`kitishni tubdan yaxshilashga o`z hissamizni qo`shishga
kirishdik.
Ma`lumki, har qanday grafik axborotlar nuqta, kesma, to`g`ri chiziq, ko`pburchak,
aylana, yoy va turli usullarda yasaladigan egri chiziqlar to`plamidan iborat bo`ladi. Bu
primitivlarni bo`yash, unga tur berish, yo`g`onlashtirish, aylana chizish asosida tutashmalar
yasash, ortiqcha chiziqlarni o`chirish, tasvirni surish, ko`paytirish yoki aks-simmetrik
tasvirini yasash, matn yozish, o`lcham qo`yish hamda
bajarilgan chizmani, yozilgan
matnini taxrir qilish kabi buyruqlaridan amaliy foydalanishga o`rgatish, shu jumladan,
komp`yuterda chizma bajarish malakasini oshirish maqsad qilib qo`yilgan. Komp`yuter
grafikasi fani quyidagi texnik va dasturiy vositalar yordamida o`qitiladi: