Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak: 1.
O`rtasida ma`lum ob`ektiv umumiylik mavjud bo`lishi mumkun bo`lgan
ob`ektlargina taqqoslanishi zarur;
2.
Ob`ektlarni taqqoslash eng axamiyatli (bilish, o`rganish nuqtai nazaridan)
xossalari, belgilari va jixatlari bo`yicha amalga oshirilishi shart.
O`lchash - taqqoslashga nisbatan aniqroq bilish quroli xisoblanadi. Ushbu
metodning axamiyati o`rganilayotgan ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning yuqori
aniqligidadir.
Empirik bilish jarayonida o`lchash metodi ham kuzatish va taqqoslash kabi
keng tarqalgandir.Empirik tadqiqotning ko`rilgan metodlaridan farqli xolda,
ekspirement ilmiy jihatdan eng umumlashtirilgan tarzda qo`yilgan tajriba
hisoblanadi. Unda kuzatish va o`lchashdan tashqari ob`ekt joylashgan shart –
sharoit, muhit va xatto tadqiqot ob`ektining o`zi ham ma`lum tarzda o`zgartiriladi.
Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki
boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning
qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini
beradi, uni “sof holda” o`rganish mumkin bo`ladi.
Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular
faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi
ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi.
Empirik va nazariy tadqiqotlarida
analiz va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi.
Analiz (taxlil) – ob`ektni qismlarga, bo`laklarga, tomonlarga, elementlarga
ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini o`rganish, bilishdir. Analiz
metodi butunni tashkil etgan qismlar, bo`laklar, tomonlar, elementlar ularning butun
tarkibidagi o`rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi
(strukturasi), tuzilishi o`rganiladi va bilinadi.