munozara, bag‘rikenglik, boshqalar fikrini eshitish o‘z ilmiy natijalarini tanqidiy
baholash, ilmiy muammoga shaxsiy yondashuv, muammo yechimini yaxshi
tushunishga olib keladi.
Ilm-fan
- inson faoliyatining maxsus sohasi bo`lib, uning vazifasi borliq haqida
ob`ektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tazimlashtirishdan iborat.
Ushbu sohaga quydagilar kiradi:
- ilmiy tushunchalar, tamoyil va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariya va
gipotezalar, empirik ilmiy faktlar, tadqiqot metodlari, usul va yo`llari shaklidagi
muttasil to`ldirilib, takomillashtirilib, rivojlanib boruvchi bilimlar tizimi;
-
insonlarning ushbu bilimlar tizimini yaratish va rivojlantirishga
yo`naltirilgan ilmiy ijodiyoti;
-
insonlarning ijodiyotini ilmiy mehnat obe`ktlari, ilmiy faoliyat vositalari
va sharoitlari bilan ta`minlovchi tashktlotlar.
Fanning rivojlanishi
- faktlarni to`plash, ularni o`rganish va tizimlashtirish,
umumlashtirish va ayrim qonuniyatlarni ochishdan ilmiy bilimlarning hozirda
ma`lum bo`lgan faktlarning mazmun-moxiyatini tushuntirib bera oladigan,
yangilarini bashorat qilishga qodir bo`lgan yaxlit mantiqiy tizimini yaratish
yo`nalishida boradi.
Dostları ilə paylaş: