249
aytgan gaplari, qilgan ishlaridan afsuslanish) qaratilishida ifodalanadi. Bunda bir
necha, ba’zan takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan tashkil topuvchi, ayniqsa, haddan
ziyod qalin, uzun va tarvaqaylab ketgan dumga e’tibor berish lozim.
Figura konturlari. Bo‘rtib chiqishlar (arqon, igna tipidagi),
kontur
chiziqlarining bosib, qalin chizilishi mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab tahlil
qilinadi. U atrofdagilardan himoyalanish belgisi hisoblanadi. Agar bo‘rtib
chiqishlar o‘tkir burchaklar bilan bajarilsa – tajovuzkor himoya; agar kontur
chizig‘i “bo‘yab”, qora qilib chizilsa - qo‘rqinch va tashvishlanish; agar qalqon
qo‘yilsa va chiziqlar ikkitadan bo‘lsa – (xavotirlanish) cho‘chish va
shubhalanish sifatida tahlil qilinadi. Fazoviy joylashuviga qarab bunday
himoyaning yo‘nalishi aniqlanadi: figuraning yuqori konturi - o‘ziga nisbatan
yoshi kattalar, ota-onalar, o‘qituvchilar, boshliqlar,
rahbarlar, ya’ni ta’qiq,
zo‘rliklarni amalga oshiruvchi shaxslarga nisbatan; pastki kontur - o‘zidan yosh
jihatdan kichkinalar, qo‘l ostidagilarning masharalashi, qabul qilmaslik, ular
o‘rtasida obro‘sining yo‘qligi; yon tarafdagi konturlar – aniq bo‘lmagan xavotir,
har qanday vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xavfga nisbatan
o‘zini himoya qilishga tayyorlik deb baholanadi. Agar “himoya” elementlari
kontur ichida joylashsa, ya’ni chizilgan hayvon korpusida bo‘lsa va ular o‘ng
tarafga yaqin tursa, bu real faoliyat jarayonidagi hamda chap tarafda bo‘lsa –
ko‘proq o‘z fikr, e’tiqod didiga nisbatan himoya sifatida talqin qilinadi.
Umumiy energiya. Umumiy energiyani baholash o‘ylab
topilgan hayvon
haqida tasavvur hosil qilish uchun ishlatilgan detallar, tana, bosh, dum, qanot
miqdoriga qarab amalga oshiriladi. Tarkibiy qismlar va elementlar (eng
zarurlaridan tashqari) qanchalik ko‘p bo‘lsa, energiya shunchalik ko‘p
hisoblanadi. Lekin buning aksi bo‘lsa, bu energiyani tejash, organizmning
astenikligini, o‘tkir somatik kasalliklardan dalolat beradi. Bu belgilarni chiziq
xarakteri – zaif - to‘rsimon chiziqlar, qalamni bosmasdan, qog‘oz
ustida
shunchaki yurgizish orqali tasdiqlashi mumkin.
Chiziqlar qalin va bosib chizilgan bo‘lsa, bu energiya tarzida emas, balki
xavotirlanish sifatida baholanadi. Bunda ayniqsa, qattiq bosib chizilgan, hattoki
250
varaqning orqa tarafidan ko‘rinib turgan chiziqlarga e’tibor qaratilishi lozim.
Bu, ya’ni rasm chizayotgan qo‘l muskullarining yuqori tonusi – kuchli
xavotirlanishdan darak beradi. SHu bilan birga rasmdagi qaysi detal, qaysi
timsol shunday aks ettirilganligiga diqqat qilish zarur, chunki ular yordamida
xavotirlanish nima bilan bog‘langanligini aniqlash mumkin.
Mazmuni va mavzusi jihatidan hayvonlar xavf soluvchi, neytral turlarga
ajratilishi mumkin (masalan arslon, begemot, bo‘ri
yoki qushlar, chumoli va
olmaxon, it, mushuk kabilar) bu holda chizilgan hayvonlar rasmi – rasm
chizayotgan
shaxs
namoyondasi;
o‘zini
rasmdagi
hayvon
bilan
identifikatsiyalash; o‘z shaxsi va “Men”iga munosabat, o‘zining mavqei
haqidagi tasavvurlar sifatida baholanadi.
Insonga o‘xshatib chizilgan ikki oyoq, odamlarga o‘xshatib kiyintirish,
hayvon yuzi odamnikiga o‘xshash qilib, oyoq yoki panja qo‘l sifatida
tasvirlansa – bu infantillik, emotsional jihatdan etuk emaslikdan dalolatdir.
Agressivlik darajasi rasmdagi burchaklar xarakteri, miqdori va joylashuvi
orqali ifodalanadi. Bunda burchaklarning tasvirdagi boshqa detallar bilan aloqasi
ahamiyatli emas. Ayniqsa – tirnoq, tish, tumshuq
kabi agressiya timsollariga
e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, seksual belgilar, ayniqsa, insonga o‘xshash
figuradagi ko‘krak, elin va shunga o‘xshash elementlarga e’tibor berish lozimki,
ular insonning jinsga nisbatan munosabatini bildiradi. Aylana figurasi (ayniqsa
ichi bo‘sh) ichki dunyoning sirliligi, yopiqligi, odamovilik, atrofdagilarga o‘zi
haqida ma’lumot berishni istamaslikni ifodalaydi. Bunaqa rasm odatda tahlil
qilish uchun etarli ma’lumot bera olmaydi. SHu bilan birga “hayvon” tanasiga
mexanik qismlar o‘rnatilishiga ham e’tibor berish talab qilinadi. Masalan,
hayvon oyoqlari o‘rniga traktor yoki tank zanjirini chizish, 3 ta oyoq; bosh
qismiga vint, ko‘z o‘rniga
elektr lampochkasi, tanaga turli klavish, antennalar
o‘rnatish ko‘proq shizofreniya bilan kasallanganlarda kuzatiladi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari odatda figuradagi elementlarning o‘ziga
xosligi, uning murakkab tuzilishga egaligi bilan belgilanadi. “Tayyor”, mavjud
hayvonlarning elementlaridan tashkil topgan rasm, masalan, qanotli mushuk,