242
Varaqning ¾ qismini shtirxlash –
emiotsiyalarni namoyon qilishda
nazoratning etishmasligi.
Rasm chegaralaridan chiqib ketgan shtrixlar –
qo’shimcha
stimulyatsiyaga impulsiv javob.
UMUMIY KO’RINISh.
Rasmning varaq chetida joylashganligi
– o’ziga
ishonchsizlik va havotir
hislarining ustunligi.
Ular vaqt o’lchovlariga ko’ra quyidagicha ifodalanadi:
o’ng tomon – kelajak, chap tomon – o’tmish.
Kechinmalar spetsifikasiga ko’ra:
o’ng tomon – intellekt, chap tomon – emotsional soha.
“Subekt ustidan” ko’rinish (tepadan pastga qaragandek)
– subekt
uydagilari tomonidan chetlashtirilgan, inkor qilingan. Subektning erishib
bo’lmaydi deb hisoblagan uy muhitiga ehtiyoj sezishi.
Rasmning uzoqda joylashganligi
– konventsial jamiyatni inkor
qilish
istagi. Izolyatsiyalanganlik, o’z qobig’iga o’ralganlik hissi. Atrof
muhitdan
ajralib turishning yorqin namoyon bo’lishi. Bu rasmni yoki u ifodalayotgan
ma’noni inkor qilish.
“Yo’qolgan ko’rinish” (individ uyning bir qismini to’g’ri tamomlaydi,
lekin boshqa tomonida muvofiqlikni yo’qotadi)
– murakkab integratsiyaning
boshlanishidan darak beradi va kelajakdan qo’rqishni (agar
vertikal chiziqlar
o’ng tomonda joylashgan bo’lsa) yoki o’tmishni unutish istagini bildiradi (agar
vertikal chiziqlar chap tomonda joylashgan bo’lsa).
Uchtomonlama ko’rinish
– atrofdagilarning o’zi xaqidagi fikrlari uchun
haddan tashqari tashvishlanish, ahamiyatsiz hususiyatlarni bilishga intilish.
Dostları ilə paylaş: