32
Ehg yuqori bosqich –
tipologik bosqich
hisoblanadi. Bunda qo`lga
kiritilgan ma`lumotlarning shaxs tuzilishidagi o`rni va ahaniyati belgilanadi.
Masalan, 1.Simptomatik diagnoz: “Diqqat etishmovchiligi sindromi va
giperaktivlik”
2.Etiologik diagnoz: “Genetik hamda ijtimoiy-psixologik omillar (prenatal,
postnatal rivojlanishda – bolaning muddatdan oldin tug`ilishi; toksikoz va
infektciyalar ta`siri; toksik, zaharli moddalar ta`siri;
MNT ining buzilishi;
gipoksiya va anoksiya, y`ani vaznning haddan ortiq yoki kam bo`lishi; ota-
onalar o`rtasidagi emotsional murakkabliklar; moddiy sharoitlarning og`irligi;
psixik deprivatsiya; o`zlashtirmaslik va hokazolar) ta`sirida kelib chiqqan diqqat
etishmovchiligi sindromi va giperaktivlik”.
Yuqorida
bildirilgan
mulohazalarga
tayanib
aytish
mumkinki,
psixodiagnostik ishlarni tashkil etishda psixolog
bir qancha talablarga amal
qilishi lozim:
Birinchidan
, psixolog differentsial psixometriyaning asoslarini va
psixologik adabiyotlarni tahlil etish metodlarini, umumiy
nazariy- metodologik
tamoyillarni amaliy qo’llashni bilishi va uddalashi lozim.
Ikkinchidan,
axborot ma’lumotlar bankini va test vositalari bankini
yaratishi zarur.
Uchinchidan,
psixodiagnostik tekshiruvlar o’tkazuvchi psixolog test
ma’lumotlari
asosida qabul qiladigan qarori, qo’llanilgan metodikaning
validligini va tashxisning zaruriy ishonchlilik darajasini ta’minlash uchun
mas’ul.
To’rtinchidan,
psixolog psixodiagnostikaning
kompleks metodikasini
ishlab chiqishda diagnostikaning yuqori samaradorligiga asoslanishi, tegishli
sohada qo’llaniladigan usullarni takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari
olib borishi kerak.
Beshinchidan,
diagnostik ish jarayonida psixodiagnostik
metodikalarni
standartlashtirish talablariga rioya etishi, olingan ma’lumotlarni qayta ishlashi
va talqin qilishi kerak.
33
Oltinchidan,
psixologdan metodik vositalardan to’g’ri
foydalanish,
psixologik axborotlarning konfidentsialligini ta’minlash, shunidek kasbiy
yo’nalishdagi fanlarni o’rganish, ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha o’tkazilgan
amaliy ishlar (ayniqsa, yuqori kurslarda) o’quvchilarning umumta’lim fanlari
bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi, ularni to’ldiradi va chuqurlashtiradi.
O’quvchilarga o’rganilgan fanlarning
amalda qanchalik foydali ekani, ishlab
chiqarish sohalarining rivojlanishiga,
va albatta, qishloq xo’jaligi sohasi
bo’yicha kichik mutaxassislar faoliyati samaradorligiga ta’siri ishonchli va
yorqin misollar asosida ko’rsatib beriladi.
Dostları ilə paylaş: