30
Masalan, kollej ishlab chiqarish ustasidan psixologga 1-kurs talabasi
ustidan o`zini yomon tutishi, darsda ko`pincha intizomni buzishi, o`rtoqlari bilan
urishishi haqida murojaat tushdi ( 1-bosqicn).
Suhbat asosida buning sabablarini aniqlash bo`yicha birlamchi axborot
to`planadi (2-bosqich).
Ma`lumotlar asosida negative holatlar yangi jamoaga moslashuv hamda
o`quvchining o`zini tasdiqlash ehtiyoji va uni noadekvat usullar vositasida
egallash mumkinligi to`g`risida faraz ilgari suriladi, metodlar (sotsiometriya,
referentometriya, suhbat) tanlanadi (3-bosqich).
Farazni tekshirish uchun diagnostik tadqiqot o`tkaziladi ( 4-bosqich).
Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar asosida farazning to`g`ri ekanligi va intizom
buzilishining sababi o`quvchining shaxslararo munosabatlarda past mavqeni
egallaganligi haqida xulosa chiqariladi (5-bosqich).
Suhbat jarayonida o`quvchining harbiy sohaga bo`lgan qiziqishlari
aniqlanganligi sababli sport sektsiyasiga va harbiy vatanparvarlik klubiga a`zo
bo`lish tavsiya qilinadi (6-bosqich). Shuningdek, o`quvchining o`ziga bo`lgan
ishonchini oshirish uchun guruhiy treninglar shaklida psixokorrektsion ishlar
olib borilishi zarurligi tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: