O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Psixologik testlar tarixi. 
Testlar juda katta tarixga ega. Qadim 
davrlardanoq turli xil maqsadlarda insonning qobiliyatlari, bilim ko‘nikma va 
malakalari sinalib kelingan. Masalan, eramizdan avvalgi uch ming yillik 
o‘rtalarida Qadimgi Vavilonda xattotlar tayyorlovchi (pissы) maktabni 
bitiruvchilarni sinash yo‘lga qo‘yildi. Kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan 
xattot mahalliy madaniyatning markaziy namoyondasi hisoblanib, u 4 ta 
arifmetik amalni, er o‘lchashni mol – mulkni bo‘lishni bilishi hmada ashula 
aytish va musiqa asbobini chalish san’atiniegallagan bo‘lishi shart edi. 


19 
Qadimgi Misrda ham maktablarga qabul qilishda nomzodlar muayyan
sinovlardan o‘tishlari zarur bo‘lgan. Avvolo ular bilan suhbat o‘tkazilgan, 
tarjimai holga ta’luqli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan, ma’lumotlilik darajasi 
aniqlangan. Bulardan tashqari ularning tashqi ko‘rinishi, suhbat olib borish 
malakasi ham baholangan. Shundan so‘ng mehnat qilish, boshqalarni eshita 
olish, jim tura olish malakalari tekshirilgan. Olovdan, suvdan, qorong‘u 
yerto‘lalarda yolg‘izlik, qo‘rqinch hislari sinalgan. Ma’lum bo‘lishicha, bunday 
qattiq sinovlardan mashhur olim Pifagor ham muvaffaqiyatli o‘tgan. 
Keyinchalik Gretsiyaga qaytgach, u shunday maktabga asos soldiki, unga 
kiruvchilar o‘zi boshidan o‘tkazgan sinovlardar albatta o‘tishlari shart bo‘lgan. 
Manbaalarning dalolat berishicha, (Golitsin N.N.,1855) Pifagor aqliy 
qobiliyatlarning muhim ahamiyatga egaligiga alohida e’tibor bergan. Buning 
uchun esa ularning aynan aqliy qobiliyatlarini diagnostika qilish zarurligini 
ta’kidlagan. Nomzodlarga murakkab matematik masala berilib, agar uni echa 
olsalar, ular maktabga darhol qabul qilinganlar. Masalani yecha olmaganlarni 
esa o‘quvchilar to‘plangan zalga olib kirib, ular ustidan kulib, masxaralab, turli 
laqablar berishgan. Agar bunday nomzodlar bu holatdan muvaffaqiyatli chiqa 
olsalar, ya’ni ularga javob qaytara olsalar hamda o‘zlarini tuta bilsalar ularni 
maktabga qabul qilganlar. 
Pifagor yoshlarning yurishi va kulishiga alohida ahamiyat bergan, chunki 
ularning fikricha bular inson xarakterining eng yaxshi kursatkichi hisoblanadi. U 
ota – onalar va o‘quvchilarning tavsiyanomalariga diqqat bilan munosabatda 
bo‘lib, yangi o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin bildira olishi, tortinmasligi, 
suhbatdoshlari bilan munozara qila olishini sinchikovlik bilan kuzatar edi
7
.
Eramizdan 2200 yil avval qadimgi Xitoyda hukumatda amaldorlik 
lavozimini, martabasini qo‘lga kiritish uchun qobiliyatlarni tekshirish tizimidan 
o‘tish talab qilinar edi. Amaldorlar har 3 yilda qaytadan imtihon qilinib, 
imperatorning o‘zi 6 yo‘nalish: musiqa, kamondan otish, otda yurish, yozish, 
7
Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика. М., 2001 (мазмунидан олинди) 


20 
hisoblash, rasm – rusmlarni bilish bo‘yicha ularni sinovdan o‘tkazardi. Davlat 
uchun imtihonlar tizimi qobiliyatli, zehnli, zukko kishilarni rahbarlikka tanlab 
olishda katta ahamiyat kasb etar edi. 
O‘rta asrlarda Vetnam davlatida lavozimlar uchun turli xil imtihonlar va 
sinovlar uyushtirilar edi. 1370 – 1372 yillar mobaynida barcha harbiy va fuqoro 
amaldorlarini qayta attestatsiyadan o‘tkazilishga erishildi. Buning natijasida 
Vetnam yana kuchli feodal mamlakatga aylandi. 
XV asrda sinovlarni o‘tkazish tartibga solindi. Ular bosqichlar, turlar 
bo‘yicha o‘tkazila boshlandi. Imtixonda yuqori darajalarni ta’sis etish katta 
tantanalar bilan amalga oshirila boshlandi. Laureatlar podsho tomonidan 
taqdirlanib, ularning nomlari poytaxt SHarqiy darvozasiga osib qo‘yiladigan 
“oltin ro‘yxat”ga kiritilar edi. 
Bu tarixiy ma’lumotlar individual qobiliyatlarni sinash ko‘pchilik davlat 
ijtimoiy hayotining muhim va ajralmas qismi deb qarash to‘g‘risida xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Biroq, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida 
testlar tarixi va keng yoyilishi to‘g‘risida gapirish mumkinmi? Agar “test” 
so‘zining inglizchadan “sinash”, tekshirish, sinab ko‘rish deb tarjima qilinishi 
ko‘zda tutilsa, bu savolga “ha” deb javob berish mumkin. Biroq hozirgi paytda 
testni bunday ta’riflab bo‘lmaydi. 
Vaqt o‘tishi bilan test to‘g‘risidagi kundalik hayotiy tasavvurlar bilan 
ularning ilmiy tushunish o‘rtasida katta farq borligi sezila boshlandi. Har qanday 
test o‘z ichiga sinash elementlarini olsada, u faqat sinov emas, balki hozirgi 
vaqtda bir qancha ilmiy talablarga javob beradigan tadqiqot metodidir. Fan 
rivojlanishining har – bir bosqichida testlarga qo‘yiladigan talablar va ularning 
o‘zlari ham o‘zgarishlarga uchraydi. 
XX asr boshlarida qobiliyatlarni o‘rganishga bo‘lgan amaliy ehtiyojlar 
individual farqlarni tadqiq qilish ilmiy muammosi shaklida tarkib topdi. Bu 
muammo dastlabki testlarning poydo bo‘lishi uchun turtki bo‘ldi. Mashhur 
ingliz olimi F. Galton 1884 – 1885 yillar davomida tadqiqotlar o‘tkazdi. Uni 5 
yoshdan 80 yoo‘gacha bo‘lgan kishilar arzimagan haq evazigalabaratoriyalarda 


21 
ularning jismoniy xususiyatlari – reaksiya tezligi, kuchi, organizmning qator 
fiziologik imkoniyatlari hamda psixik sifatlarini, jami 17 ko‘rsatkich bo‘yicha 
o‘zlarini tekshirib ko‘rishlari mumkin edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga – bo‘yi, 
og‘irlik, o‘pkaning og‘irlik sig‘imi, kaft va musht kuchi, harflarni esda olib 
qolish, ko‘rish o‘tkirligi, ranglarni farqlash va boshqalar kiritildi. To‘liq dastur 
asosida 9337 kishi tadqiq qilindi. F. Galtonning fikricha metodik testlar 
amaliyoti – fantaziya emas, balki u eksperimentni talab etadi. Bu intuitsiyaga 
asoslangan tekshirish va sinashning ming yillik amaliyotidan dastlabki muhim 
chekinish edi. Eksperiment fanning haqiqiy asosi sifatida qarala boshlandi. Bu 
haqida Dj. Kettell ham ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, psixologiyaning asosini 
eksperiment va o‘lchash tashkil etsagina u haqiqiy va aniq fan bo‘la oladi. XX 
asrning 30 yillari boshi ko‘pchilik davlatlarda testlarning keng qo‘llanilishi bilan 
xarakterlanadi. Fransiyada testlar defektologiya maqsadlarida hamda kasbga 
yo‘naltirish soxasida, AQSHda testlar ishga, oliy o‘quv yurtiga qabul 
qilishayotganda talaba va o‘quvchilar bilimlarini baholash uchun hamda ijtimoiy 
psixologik tadqiqotlarda qo‘llanila boshlandi. Sobiq SSSRda esa testlar asosan 2 
sohada: xalq maorifi va kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash sohasida ishlatildi. 
Lekin testlar natijalari inson taqdiri bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli testlarni 
qo‘llashga nisbatan bir – biriga qarama – qarshi bo‘lgan qikrlar paydo bo‘ldi, 
ya’ni uni ma’qullovchilar hamda uni inkor etuvchi fikrlar vujudga kelib, turli 
xukumat organlari va matbuotga testlarniqo‘llashni to‘xtatish da’volari bitilgan 
matbuotlar soni juda ko‘payib ketdi. 
Bu davr sobiq ittifoqda testlar xalq maorifi va sanoatda intensiv ravishda 
nazoratsiz qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha kuzatiladigandek, 
amaliyot nazariyadan ilgarilab ketdi. Ommaviy test tadqiqotlarining sifati jiddiy 
tekshirilmay, o‘quvchilarni aqlan zaif bolalar sinflariga o‘tkazib yuborish 
o‘tkazilgan qisqa testlar asosida boshqa omillarni hisobga olmagan xolda 
amalga oshirildi. Sanoatda ham xuddi shunday testlar asosida ishchilarni 
shaxsiy qobiliyatlari va qiziqishlari hisobga olinmay turli kasblarga taqsimlash 


22 
hollari kuzatildi. Shu tariqa xalq maorifi tizimi va sanoat soxasiga katta ziyon 
etkazildi.
1936 yilda “xalq komissariyati tizimidagi buzg‘unchiliklar to‘g‘risida”gi 
qonun chiqib, testlarni qo‘llash butunlay ta’qiqlab qo‘yildi. 30 yillarda testlar 
bo‘yicha amaliy ishlar sustlashgan bo‘lishiga qaramay, bu metod 
imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish to‘xtab qolgani yo‘q. Testlarning bir 
qismi topshiriq, sinov ko‘rinishida qo‘llanilaverdi. Biroq bu sinov va 
topshiriqlar testlardan printsipial jihatlan farq qiladi. 
1-farq. Test – psixologiya va boshqabir qancha fanlarda ilmiy asoslangan 
empirik tadqiqot metodi bo‘lib hisoblanadi. 
2-farq. Testlar yangi mazmun kasb eta boshladi. Testlar psixologiyaning 
shaxsni, uning qobiliyalarni o‘rganish kabi sohalarida nazariy tadqiqot quroli 
(instrument) rolini o‘ynay boshladi. 
Shu tariqa amaliyot bilan nazariya o‘rtasida aloqa o‘rnatildi. Hozirgi paytda 
qo‘llaniladigan testlar ishonchlilik va validlikka ega bo‘lgan testlardir. 
Shunday qilib psixologik testlar – bu muayyan psixologik xususiyatni 
(o‘lchash) aniqlash imkonini beradigan nazariy va amaliy jihatdan asoslangan 
topshiriq, mulohazalar tizimidir. Nazariy asoslanganlik hozirgi zamon 
psixologiya fani yutuqlaridan kelib chiqib, test va uning natijalarini har 
tomonlama tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Emperik asoslanganlik esa tajribaga, 
o‘lchash va eksperimentga iurojat qilinishi bilan bog‘liq. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin