18
o‘tkazdi. F.Galton ishlari nashr qilingach, Vuntd ham assotsiativ metodikani
laboratoriyasida qo‘llay boshladi. Bunda tajribalar yordamida qo‘lga kiritilgan
reaktsiya vaqti bo‘yicha individual farqlar tekshiruvchilarning individual
xususiyatlaridan emas, balki assotsiatsiyalar xarakteridan kelib chiqib
tushuntirildi.
XIX asrning oxirlarida G. Ebbingauz birinchi bo‘lib xotira qonunlarini
o‘rgandi.
Amerikalik psixolog Dj. Kettel diqqat hajmi va o‘qish malakalarini tadqiq
qildi. Taxistoskop yordamida u turli omillar – shakl, harf, so‘zlarni idrok qilish
va so‘z bilan atash uchun zarur bo‘ladigan vaqtni aniqladi. Uning tajribasida
diqqat hajmi 5 ta omildan iborat bo‘ladi. Aylanayotgan barabandagi harf va
so‘zlarni o‘qish bo‘yicha eksprimentlar o‘tkazib, Kettel antitsipatsiya
fenomenini (idrokning ilgarilab ketishi) qayd qildi.
Eksperimental metod psixologiya fanida keng qo‘llanila boshlanishi
odamlar orasidagi individual farqlar haqidagi bilimlarni yuzaga kelishiga olib
keldi.
Psixodiagnostika yuzaga kelishining ikkinchi manbai differensial
psixologiyadir. Differensial psixologiyaning predmeti individual psixologik
xususiyatlar bo‘lib, psixodiagnostika ularni o‘lchash metodlari haqidagi fan
sifatida yuzaga keldi. Ushbu ikkita manbadan tashqari amaliyot talab va
ehtiyojlari ta’sirida psixodiagnostika tarkib topdi.
Dostları ilə paylaş: