O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Psixoprofilaktika –
insonning shaxsi va psixik rivojlanishidagi turli xi 
log`ishlarni 
oldini 
olish 
bilan 
shug`ullanuvchi 
amaliy 
psixologiya 
yo`nalishlaridan biridir. 
Psixologik tashviqot – 
kehg ommaga psixologik bilimlarni yoyish va 
targ`ib qilish bilan bog`liq bo`lgan amaliy psixologiya sohasi. 



Psixologik korrektsiya – 
shaxs xulq-atvori va kognitiv rivojlanishidagi 
turli xil buzilishlar va rivojlanishdan orqada qolishni tuzatish ishlari bilan 
shug`ullanuvchi amaliy psixologiya sohalaridan biri hisoblanadi. 
Psixologik maslahatning maqsadi
– kelajak hissiga ega bo`lgan, ongli 
ravishda harakat qiladigan, xulq-atvorning turli ctrategiyalarini ishlab chiqishga 
va yuzaga kelgan vaziyatni turli nuqtai- nazardan tahlil qila olishga qobil 
bo`lgan madaniyatli, sermahsul shaxs hisoblanadi.
Psixologik maslahatning
asosiy vazifasi normal, psixik jihatdan 
sog`lom bo`lgan mijoz uchun imkon darajasida va unga mos holda hatti-
harakatni amalga oshirishga yordam beruvchi ongli va ijodiy(bir qolipda 
bo`lmagan) usullar bilan harakat qilish uchun sharoitlar yaratishdan iborat. 
Amaliy psixolgiyaning yuqorida qayd etib o`tilgan barcha sohalarida
psixodiagnostika asosiy sanaladi, chunki psixologik tekshiruv o`tkazmay 
psixoprofilaktika, psixokorrektciya, psixologik maslahat islarini olib borish 
mumkin emas. Yshbu yo`nalishlar bo`yicha muayyan ishlarni amalga oshirish 
uchun psixodiagnostika yordamida qo`lga kiritilgan ma`lumotlarga tayaniladi.
Amaliy faoliyat turlaridan biri sifatida psixodiagnostika quidagi 
vazifalarni bajaradi: 
1
.
Muayyan xususiyatning rivojlanish holatini aniqlash. 
2.Uning rivojlanish dinamikasini hamda ma`lum vaqt otalig`ida qayta 
tuzilishini aniqlash. 
3
.
Individ yoki guruh psixologiyasi hamda xulq-atvorida o`quv-tabiyaviy 
ta`sirot natijasida vujudga kelgan real o`zgarishlarni aniqlash. 
4
.
Shaxs xususiyatlari rivojlanish dinamikasi va qonunlarini tahlil qilish 
asosida uning rivojlanish perspektivasini ainqlash. 
5
.
Tekshirilgan kishilar yoki guruhni kelgusida rivojlanishda erishilgan 
natijalarni hisobga olgan holda differentcial tarzda ish olib boorish uchun 
kategoriyalarga ajratish. 
6
.
Individ yoki guruhning ( u yoki bu ishni bajarish, masalan, o`z xizmat 
vazifalarini bajarishga) kasbiy tayyorgarligini, layoqotliligini aniqlash. 


10 
7
.
Individ yoki guruh psixologiyasi va xulq-atvorini psixokorrektcion 
ishlarni olib boorish maqsadida o`rnatilgan tibbiy, ijtimoiy normalarga mos yoki 
mos emasligini aniqlash. 
8. Individ yoki guruhga hayotiy yo`lini (kasb,umr yo`ldoshi) tanlash 
maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish. 
Yuqorida ta`kidlangan vazifalar amaliy psixodiagnostikaning umumiy 
vazifalaridir. Ulardan ko`pchiligi u yoki bu darajada maktabgacha ta`lim 
muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus ta`lim muassasalarida turli 
yosh davridagi bolalar bilan mos tarzda ish olib boorish uchun amalga 
oshiriladi
4

Psixodiagnostika inson hayot faoliyatining talablaridan kelib chiquvchi 
psixologiya fanining sohalaridan biridir. Psixodiagnostika ijtimoiy amaliyotning 
bir qancha sohalarida keng qo`llanilib kelinmoqda. Bular: 
1.Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish,kasbga yo`naltirish. 
2.Ijtimoiy 
xulq-atvorni 
prognoz 
qilish,masalan,nikohning 
barqarorligi,qonunlarga amal qilish kabi. 
3.Ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish. 
4.Psixoterapevtik yordam va maslahat. 
5.Sud psixologik-psixiatrik ekspertizasi. 
6.Muhitdagi o`zgarishlarning psixologik oqibatlarini prognoz qilish. 
Bulardan tashqari psixodiagnostika metodlari shaxs psixologiyasi va 
shaxslararo munosabatlarni tadqiq qilishda keng qo`laniladi. 
Psixodiagnostika jamiyat manfaatlari hamda uning konkret a`zolari 
manfaatlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga psixodiagnostikani 
qo`llashning foydaliligi shartlaridan biri – uning ilmiyligidir. Ilmiy 
psixodiagnostika o`rganilayotgan shaxs sifatlarining tabiati va tuzilish 
printciplari haqidagi bilimlarga, shuningdek, psixodiagnostika jarayoni 
qonuniyatlari to`g`risidagi bilimlarga asoslanadi
5

4
Немов Р.С. Психология. М., Владос, 2003 (мазмунидан олинди)
5
Акимова М.К., Гуревич К.М. Психологическая диагностика.М., «Питер», 2005 (мазмунидан олинди) 


11 
Demak, yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, psixodiagnostika inson hayot 
faoliyatining turli sohalari – sog`liqni saqlash, sport, maktab va oily o`quv 
yurtlaridagi ta`lim, ishlab chiqarish va oilaviy maslahat amaliyotida keng 
qo`llaniladi. Bu sohalarning har birida psixodiagnostik vositalarni qo`llashning 
o`ziga xos shartlari, maxsus psixodiagnostik vazifalar va metodlar mavjud 
bo`ladi. 
Bunday xususiy masalalardan tashqari psixodiagnostika fanida ancha 
umumiy, universal masalalar ham mavjud bo`lib, ularning hal qilinishi maxsus 
psixodiagnostika (kasbiy,sport,klinik) uchun asos bolib xizmat qiladi. Bu 
masalalar umumiy psixodiagnostikaning predmetini tashkil qi`ladi. Ular qatoriga 
quiydagilarni kiritish mumkin: 
1.Psixodiagnostik vosita,metodlarni yaratish va xulosalar chiqarishning 
metodologik, nazariy, konkret-metodik tamoyillarini ishlab chiqish. 
2.Shaxs sifatlari, qobiliyatlar, motivlar,ong va o`z-o`zini anglash, 
shaxslararo munosabatlarni psixodiagnostik tadqiq qilish metod va konkret 
metodikalarini yaratish. 
3.Individual farqlarni aniqlshning matematik metodologiyasi sifatida 
differentcial psixometrikani qo`llash. 
4.Metodikalar, ularni yaratuvchi va qo`llovchilar uchun normativ talablarni 
ishlab chiqish. 
Demak, bugungi kunda psixologiya bir qancha yo`llar orqali insonlarning 
amaliy faoliyatiga ta`sir ko`rsatmoqda. Bunday yo`llardan biri – aholining turli 
qatlamlariga psixologik yordam ko`rsatishdir. Maxsus tayyorgarlikka ega 
bo`lgan psixolog ota-onalarga bola tarbiyasida, oila a`zolari(er-xotin)ga oilaviy 
inqiroz holatida, bolalarga shaxs normal rivojlanishi buzilganda , o`spirinlarga 
kasb tanlashda, rahbarlarga muloqot uslublarini shakllantirishda psixologik 
yordam ko`rsatish, psixologik maslahat berishga qobil bo`la olishi zarur. 
Psixologik maslahat psixologning muhokama va tahlil predmeti haqidagi 
bilimlarigagina emas (masalan,oilaviy,ishlab chiqarish, shaxs ichidagi va 


12 
shaxslararo nizolar), balki maslahat jarayoninig o`zi, uning strategiyasu va 
taktikasi haqidagi qonuniyatlarni bilishga ham asosanishi zarur. 
Psixologik yordam ob`ektiv mavjud vaziyatlarda emas, balki boshdan 
kechirilayotgan sub`ektiv noqulaylik sharoitlarida olib borilsa,ko`proq samara 
beradi. Bunday kechinmalar kuchli boshdan o`tkazilib, o`zidan butunlay 
qoniqmaslik, atrofdagilar, umuman, hayotdan chuqur norozi bo`lish, ba`zan 
azob- uqubat sifatida ifodalanishi mumkin. Bunda nafaqat psixologik maslahat , 
balki psixoterapevtik yordam ham talab qilinadi. Agar insonning boshdan 
kechirayotgan 
azob-uqubatlari 
kasallik 
ko`rinishida 
bo`lsa, 

holda 
psixoterapevtik yordam tibbiy xarakter kasb etadi. Bunda beriladigan yordam 
vrach-psixoterapevt yoki vrach rahbarligi ostida psixolog tomonidan 
ko`rsatiladi. Biroq, ko`p hollarda psixoterapevtik yordam biroz boshqacharoq 
tusda bo`lishi talab etiladi. O`zining shakli va maqsadlariga ko`ra bunday 
psixoterapevtik 
aralashish 
bemorni 
davolashdagidek 
olib 
boriladi. 
Psixoterapevtik aralashish suhbat, bahs-munozara, o`yinlar(muloqot shaklida) 
bilan boyitilib, insonning azob-uqubatlaridan halos qilishga hamda uni keltirib 
chiqargan sabablarni bartaraf qilishga yo`naltiriladi. Bunda psixoterapevtik ta`sir 
tibbiy yordamdan ikki muhim tomondan farqlanadi: 
1.Boshdan kechiriladigan azob-uqubat, norozilik tabiati organizmda ro`y 
berayotgan norozilik natijasida emas, balki inson shaxsi xususiyatlari, hayotiy 
vaziyat mohiyati va atrofdagilar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlar natijasida 
kelib chiqadi. 
2.Yordam so`rab murojaat qiluvchi ob`ektiv jihatdan ham, sub`ektiv 
jihatdan ham o`zini bemor deb tan olmaydi. 
Psixologik yordam qaysi shaklda olib borilmasin, hoh u psixologik 
maslahat, hoh notibbiy psixoterapiya shaklida bo`lsin, o`z yo`nalishining 
individyallashganligi bilan xarakterlanadi. Insonga individudual munosabatda 
bo`lish, demak, uning hissiyoti, kechinmalari, ustanovkasi, atrofdagilar bilan 
o`zaro munosabatlari sohalariga chuqur kira bilishni talab etadi. Buning uchun 


13 
esa psixologik intuitcia va sezgirlikning o`zi etarli emas. Shuning uchun maxsus 
psixodiagnostik metodlarni qo`llash talab etiladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin