48
Tadqiqot metodikasi –
bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari
to`g`risidagi zarur ma`lumotni qo`lga kiritish uchun qo`llaniladigan konkret usul
va vositalar majmuidir.
Barcha metodlarni L.F.Burlachuk bo`yicha tadqiqotchilik va diagnostik
metodlarga ajratish mumkin. Tadqiqotchilik metodlari o`z navbatida quidagi
turlarga bo`linadi:
Noeksperimental metodlar.
Eksperimental metodlar.
Noeksperimental
metodlarga kuzatish, suhbat, faoliyat mahsulini
o`rganish metodlarini kiritish mumkin.
Eksperimental
metodlar tadqiq qlinayotgan omillarni o`rganish uchun
maqsadga qaratilgan sharoitlarni yaratishga asoslanadi va tadqiqotchining
sinaluvchi faoliyatiga faol tarzda aralashish imkoniyatini beradi.
Ushbu metod negizida psixologiyada an`anaviy bo`lgan ko`p sonly
laboratoriya va tabiiy eksperiment metodikalari yaratiladi.
Psixodiagnostik metodning asosiy xususiyati uning o`lchash-tekshirish
xarakterda ekanligida bo`lib, shu tufayli o`rganilayotgan holatni miqdoriy
hamda sifatiy tavsiflashga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: