L.F.Burlachuk
fikriga ko`ra, psixodiagnostik metodlarni uch xil
yondashuv asosida tasniflash mumkin.
49
Ob`ektiv yondoshuv -
diagnostika faoliyatni bajarish samaradorligiga
qarab amalga oshiriladi.
Sub`ektiv yondashuv
– sinaluvchining o`zi haqida bergan ma`lumotlari,
o`z-o`zini tavsiflash va baholash asosida diagnostika qilinadi.
Proyektiv yondashuv
– tashqi jihatdan neytral, noaniq stimul bilan o`zaro
ta`sirni tahlil qilish asosida diagnostika qilinadi.
Akimova
M.K.,
Gurevich
K.M.
bo`yicha
hozirgi
zamon
psixodiagnostikasida mavjud bo`lgan vositalarni sifat darajasiga ko`ra ikki
guruhga bo`lish mumkin:
Formallashgan metodikalar.
Kam formallashgan metodikalar.
Formallashgan metodikalar –
aniq shakldagi qoidalarga qat`iy amal
qilishni talab qiluvchi metodikalar.
Kam formallashgan metodikalar
– bu qo`llashning qat`iy, aniq
qoidalariga ega bo`lmagan metodikalar bo`lib, ko`proq psixodiagnostning psixik
intuitsiyasi va kasbiy tajribasiga bog`liq metodkalar.
Birinchi guruh metodikalariga quidagilarni kiritish mumkin:
Testlar;
So`rovnomalar;
Proyektiv texnika metodikalari,
Psixofiziologik metodikalar.
Ushbu metodikalar uchun xarakterli jihatlar:
Aniq reglamentatciya.
Tadqiqot yoki tekshiruv jarayonining ob`ektivizatciyasi (
ko`rsatmaga to`g`ri amal qilish, stimul materialini namoyish qilishning qat`iy
usullari, sinaluvchi faoliyatiga tadqiqotchining aralashmasligi).
Standartlashtirish (ya`ni, diagnostik eksperiment natijalarini qayta
ishlash va taqdim etishning qabul qilingan tartibini joriy etilishi).
Ishonchlilik.
50
Validlik.
Ushbu merodikalar nisbatan qisqa vaqt ichida diagnostic axborotni qo`lga
kiritish hamda individlarni o`zaro miqdor va va sifat jihatdan taqqoslash
imkoniga ega.
Kam formallashgan metodikalarga quidagilarni kiritish mumkin:
Kuzatish.
Suhbat.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish.
Kuzatish metodi mustaqil ilmiy tadqiqot metodi bo’lishi bilan bir qatorda
boshqa metodlar bilan hamohang qo’llanilishi mumkin.
9
Kam formallashgan
metodikalar guruhga kiruvchi metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli
ma`lumotlarni qo`lga kiritish imkonini beradi.
Ayniqsa buni tadqiqot predmeti ob`ektivlashtirish mumkin bo`lmagan
psixik jarayonlar va holatlar bo`lganida yaqqol sezish mumkin. Masalan, yaxshi
anglanilmaydigan sub`ektiv kechinmalar yoki mazmun jihatdan juda
o`zgaruvchan psixik jarayon va holatlar – maqsad, kayfiyat, holatlar dinamikasi.
Shuni inobatga olish vat a`kidlash zarurki, kam formallashgan
metodikalarn o`tkazish katta mehnatni talab etadi (masalan, sinaluvchini
kuzatish
ba`zida
oylab
davom
etishi
mumkin)
va
ko`p
jihatdan
psixodiagnostning psixologik tayyorgarligi va professional tajribasiga
asoslanadi. Psixologik suhbat, kuzatuvlarning yuksak madaniy darajada
o`tkazilishi tekshiruv natijalariga tasodifiy omillar ta`siridan saqlashi mumkin.
Kam formallashgan diagnostik metodikalarni formallashgan metodikalarga
qarshi qo`yish mumkin emas. Odatda ular o`zaro bir-birini to`ldiradi. To`laqonli
diagnostic tadqiqotda ikkala turdagi metodikalarni uyg`un holda qo`llash darkor.
Masalan, test yordamida ma`lumot to`plashdan avval sinaluvchi bilan tanishish
(tarjimai holi, moyilliklari, faoliyat motivatsiyasi haqidagi axborot) bosqichi
o`tkaziladi. Bunda interv`yu, suhbat, kuzatishdan foydalaniladi.
9
Glynis M.Breakwell, Sean Hammond, Chris Fife-Schaw and Jonathan A.Smith. Research methods in
psychology. SAGE. 2010 (pp-126)
51
Test –
standrtlashtirilgan, faollikni talab etuvchi, vaqt jihatdan chegaralangan
holda bajariladigan topshiriqlar bo`lib, uning natijasi miqdor va sifat jihatdan
baholanib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkonini
beruvchi metod.
Dostları ilə paylaş: |