63
Sinaluvchilar bosh majmui (populyatsia);
Tanlanma.
Tadqiqot o`tkazilishi va xulosalar chiqarish rejalashtirilayotgan ko`p
sonli
kishilar majmuyi
sinaluvchilar bosh majmuyi
deyiladi.
Tanlanma –
bu sinaluvchilar bosh majmyining bir qismi yoki bo`lagi.
Tadqiqot
populyatciyada emas, tanlab olingan kishilar guruhida
o`tkaziladi. Tekshiruv standartlashtirish tanlanmasida o`tkazilib, uning natijalari
asosida xulosalar bosh majmuiga nisbatan ham chiqariladi. Baholash ishonarli
bo`lishi
uchun tanlanma
reprezentativ
bo`lishi, ya`ni uning xususiyatlari bosh
majmua xususiyatlariga o`xshash yoki yaqin bo`lishi kerak.
Masalan,
A.Anastazi,
Veksler
shkalasi
standartlashtirilayotganda
reprezentativ tanlanmani shakllantirishni misol keltiradi. Tanlanma 1700
kishidan iborat bo`lib, unda ayollar va erkaklar soni teng. 16 yoshdan 64
yoshgacha bo`lgan sinaluvchilar 7ta yosh darajasiga ko`ra taqsimlangan (bunda
geografik xududlarga, qishloq va shaharga mansubligiga ko`ra,
oq va qora
tanliligiga ko`ra, ma`lumotlilik darajasi va kasbiga ko`ra AQSH oxirgi aholini
qayd etish ma`lumotlariga ko`ra proportcional taqsimlanish hisobga olingan.
Har bir yosh darajasi bo`yicha tanlanmaga aqli zaiflar muassasalaridan bir ayol
va bir erkak qo`shilgan.
Reprezentativlikni ta`minlash yo`llaridan biri – populyatciyani chegaralash
hisoblanadi.Masalan, 15 yoshlilar emas, 15 yoshli maktab o`quvchilari.
Populyatciyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi
mumkin:
- yoshga
- jinsga
- ijtivoiy kelib chiqishiga
- kasbiga
-ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga
-salomatligiga ko`ra.
64
Diagnostik metodikatini tuzuvchi qaysi populyatciy uchun metodika
mo`ljallanganligini, ya`ni normative ko`rsatkichlar ishlab chiqilganligini e`lon
qilishi kerak.
Standartlashtirish tanlanmasiga sinaluvchilarni ajratib olish quidagicha
amalga oshiriladi:
- populyatciyaga tavsif beriladi (yoshi, ma`lumotliligi, kasbi va h.).
-populyatciya bir necha qismlarga ajratiladi.
-sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlab olinadi (masalan, alfavit bo`yicha, jadval
bo`yicha).
Demak, tanlanma
–
bosh majmuadan
ajratib olingan tekshiruv
o`tkaziladigan sinaluvchilar. Tanlanma hajmi ishonchli ma`lumotlar olish uchun
200 nafardan kam bo`lmasligi kerak.
Psixologik testlarning natijalarini talqini qilishda esa standartlashtirish
tanlanmasida aks etgan normalarga tayaniladi. Bunday normalar empirik yo‘l
bilan belgilanadi. Reprezentativ guruh vakillarining ko‘rsatkichlari
haqqoniyligini test bilan muvofiqlashtiriladi. Standartlashtirish vaqtidagi baholar
taqsimoti haqiqiy sinaluvchining birlamchi bahosi (“quruq ballar” )
taqsimotda qanday o‘rin olganligiga asoslanadi. Uning ko‘rsatkichlari
guruhning o‘rtacha qiymatiga mos keladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi.
12
Individuumning standartlashtirish tanlanmasidagi holatini aniqlashda
uning “quruq ball”ari nisbiy mezonlarga asoslanib ish ko‘radi.
Ishlab
chiqiladigan baholar ikki maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Birinchidan,
ular sinaluvchining normativ tanlanmadagi nisbiy holatini aniqlashga
ko‘maklashadi va ulardagi olingan qiymatlar boshqa sinaluvchilarning natijalari
bilan o‘zaro taqqoslanadi.
Ikkinchidan, ular individuumning har xil testlardan
olgan natijalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirishni ta’minlaydi. Masalan, qiz bola
lug‘atli testdan 40 ball va arifmetik testdan 22 ball to‘pladi. Bu ikki natija har
ikkala test bo‘yicha hech narsa bermaydi. Bu yerda sinaouvchi qaysi testni
12
Аnastasi A, Urbina S. Psychology Testing.
Prentice-HallInternational,Inc.- р. 57
65
yaxshiroq bajargan degan savolga javob olib bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi
farqlarni topimsh uchun har xil testlarning standart normasiga asoslaniladi.
Dostları ilə paylaş: