Taʻrif Tanlanma hajmi n



Yüklə 0,64 Mb.
tarix28.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#104060
2-Mustaqil ish Ehtimollik va sitatistika


Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi:

  1. Ranjirlangan variatsion qator;

  2. Diskret variatsion qator;

  3. Oraliqli variatsion qator.

Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi.
Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi.
Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi.
Misol. Aytaylik potokda 50 ta talaba boʻlib, ulardan oldingi semestrda matematika fanidan 1-imtixon natijalari haqida maʼlumot yigʻildi deylik. Natijada 2, 3, 4, 5 baholardan iborat boʻlgan aralash-quralash 50 ta songa ega boʻlamiz. Demak tanlanma hajmi n=50 katta, lar orasidagi farq esa kichik bolgani uchun, bunday maʼlumotlarni tahlil qilish uchun diskret variatsion qator tuziladi. Aytaylik 12 kishi 2 baho, 14 kishi 3 baho, 18 kishi 4 baho, 6 kishi 5 baho olganligi sanab chiqdik deb faraz qilsak, bu maʼlumot quyidagicha diskret variatsion qator koʻrinishida yoziladi:



2

3

4

5



12

14

18

6


QUYIDAGICHA ISHLAR AMALGA OSHIRILSIN

Har bir talaba guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos variant maʼlumotlarini Я.К. Кольде “Практикум по теории вероятностей и математической статистике” nomli kitobdan (105-148 betlar) olib, quyidagicha ishlarni amalga oshirishi lozim.


Hisoblashlar ikki xil usulda amalga oshirilsin:

  1. Formulalar yordamida talabaning oʻzi mustaqil ravishda.

  2. Excel dasturlar paketi yordamida.

D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha

  1. Variatsion qator tuzilsin;

  2. Tanlanma oʻrta qiymat;

  3. Tanlanma dispersiya;

  4. Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish;

  5. Moda;

  6. Mediana

lar hisoblansin.
A tanlanma boʻyicha:

  1. Variatsion qator tuzilsin;

  2. Nisbiy chastotalar aniqlansin;

  3. Yigʻma chastotalar aniqlansin;

  4. Variatsion qator poligoni chizilsin;

  5. Variatsion qator gistogrammasi chizilsin;

  6. Emperik funksiya taqsimoti tuzilsin;

  7. Emperik funksiya taqsimoti grafigi chizilsin;

  8. Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin;

  9. Tanlanma dispersiya hisoblansin;

  10. Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin;

  11. Moda topilsin;

  12. Mediana topilsin

Na’munaviy variant uslubiy qo’llanmada koʻrsatilgan foydalanish mumkin.

0-variantdagi A va D tanlanmalardagi maʼlumotlarni keltirib yuqorida qoʻyilgan savollarga javob topamiz:


0 -Variant

Excel категория oynasidan статистические МОДА.ОДН Число1 tanlanma maʼlumotlari kiritilgan yacheykalar oʻrnini koʻrsatish kifoya
Shunday qilib A tanlanma boʻyicha Excelda qilingan hisoblashlar bor yoʻgʻi bir varroqni tashkil etad


Manashu shakilda topshiriladi. Variantlarni TALABALAR AMALIY MASHG’LOTLAR UCHUN USLUBIY QO’LLANMADAN OLINADI (VARIANTLAR)
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin