Maktab normalari - t
a’lim jarayonida erishilgan yoki maktab ta’limiga
bog‘liq qobiliyatlarini o‘rganish testlari asosida ishlab chiqiladi. Ular har bir
ta’lim bosqichi uchun belgilanadi va mamlakatning barcha hududlariga amal
qilinadi.
71
Kasbiy normalar -
har xil kasb egalari guruhi uchun testlar asosida
belgilanadi (masalan, mexaniklar, mashinistlar va boshqalar).
Mahalliy normalar-
jinsi, yoshi, geografik hududi, sotsial-iqtisodiy status
iva boshqa umumiy belgilari bilan tafovutlanuvchi tor toifali kishilar uchun
qo‘llashda ishlab chiqiladi. Masalan, Veksler va Raven testlari yosh chegaralari
bo‘yicha normaga ega.
Milliy normalar
– xalq, millat, mamlakat vakillari uchun ishlab
chiqiladigan normalar. Bunday normalar ma’lum madaniyat, axloq talablari va
har bir madaniy an’analarni aniqlash uchun kerak.
Testologiyada standartlashtirilgan testlarda normalarning mavjudligi
ularning muhim xarakteristikasi sanaladi.
Normalar test natijalarini talqin etishda etalon sifatida zarur. Masalan,
intellekt testlarida IQ birlamchi ko‘rsatkichlari IQ normativ ko‘rsatkichlari bilan
munosabati solishtiriladi (Raven testida 43, 44, 45 ballar norma hisoblanadi).
Agar tekshiriluvchining IQ ko‘rsatkichi normdan yuqori bo‘lsa 60 ballga teng
(Raven testida). Bu tekshiriluvchining intellektuallik darajasi yuqori. Agar IQ
ko‘rsatkichi past bo‘lsa, u holda quyi daraja, olingan IQ ko‘rsatkichi 43, 44
yoki 45 ballga teng bo‘lsa, u o‘rtacha hisoblanadi.
Psixodiagnostik metodikalarning standartlashtirish talablari
Shaxsni o‘rganish testlarini konstruksiyalash o‘zida psixometrik asosiy
talablarga javob beruvchi o‘lchash vositalarining yaratish jarayonini taqdim. Har
qanday test ishonchli, validli va standartlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Psixodiagnostika bilan shug‘ullanayotgan yosh mutaxassislar o‘z
amaliyotlarida metodikalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolarga ko‘p
duch kelmoqdalar. Chunki mamlakatimizda psixodiagnostika fanini rivojlanishi
ancha ilmiy salmoqqa ega bo‘lgan ishlarni taqozo amalga oshirishni talab etadi.
Bugungi kunda psixodiagnostik maqsadlarda tatbiq etilayotgan metodikalarning
asosiy qismi boshqa muhitlarda yaratilgan bo‘lib, ular bizning sharoitimizda
ayrim psixometrik qoidalarga muvofiqlashtirilgan holda qo‘llanilib kelinmoqda.
72
Shuningdek, psixodiagnostika va uning muammolariga bag‘ishlangan
qo‘llanmalar, adabiyotlarning o‘zbek tilida yaratilganlari va psixologlar
tayyorlash jarayonida psixodiagnostika kursini o‘qitishda ham amaliy tajribalar
yetarlicha emas. Bu tarzdagi muammolarning mavjudligi o‘z navbatida ushbu
yo‘nalishdagi boshqa muammolarni kelib chiqishiga asos bo‘lb qolayotganligi
shubhasiz. Yuqorida keltirilgan muammolarga tayangan holda psixologik
metodikalarni
yaratish,
ularni
modifikatsiyalash
va
moslashtirishning
psixometrik jihatlari bilan bog‘liq masala tahliliga e’tibor qaratish ko‘zda
tutildi. Mahalliy mutaxassislar metodikalarni amaliyotda qo‘llash qoidalar va
shart-sharoitlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday
muammolarni hal etishda jahon psixologiyasida yetarlicha tajribalar mavjud.
Ushbu tajribalarga tayangan holda yosh mutaxassislar duch kelayotgan
muammolardan
biri
psixodiagnostik
metodikalar,
xususan,
testlarni
standartlashtirishning umumiy jihatlarini tahlil etib o‘tishga harakat qilamiz.
Standartlashtirish
( inglizcha standard so‘zdan olingan bo‘lib, – bir
shaklga, me’yorga keltirish ma’nosini anglatadi) – testning o‘tkazish tartibi va
uning natijalarini baholashni yagona me’yorga keltirish, unifikatsiyalash va
tatbiq etishni qat’iy belgilash jarayoni [2,5].
Metodikaning validlik, ishonchlilik va differensiallik talablariga, uni
qo‘llash uchun nisbiy tanlanmani standartlashtirish zarur. Shu bois, psixologik
metodikalarning birinchi ko‘rsatkichlari, bahosi va talqini eksperimentatorning
xulq-atvori va sub’ektiv mulohazalariga bog‘liq bo‘lib qolmasligini taqozo
etadi. Shu sababli tadqiqotchilar, metodikalarni yaratuvchi va moslashtirishga
jazm etgan mutaxassislar psixologik testlarning ob’ektivligini ta’minlash uchun
quyidagi shartlarga amal qilib, ish yuritishlari lozim bo‘ladi:
1.
Metodika me’yorlari bilan qiyosiy natijalarini qo‘lga kiritish uchun
testni yagona o‘tkazish tartibga keltirish;
2.
Testni bajarishning yagona baho me’yoriga erishish;
3.
Testlashtirish ma’lumotlarini qayta ishlash natijalaridan olingan
ko‘rsatkichlar bilan solishtirish uchun ma’lum test normalarinii aniqlashtirish.
73
Bugungi kun psixometrika tajribalarida standarlashtirishning ikkita
shakliga ko‘p tayaniladi.
Birinchisi,
metodikani tatbiq etishning qat’iy vaqtini
belgilash, yo‘riqnomasini, javoblar varag‘ini , tajriba-sinovni o‘tkazish
sharoitlarini va tekshiruvchilarning xarakteristikasini unifikatsiyalash bilan
bog‘liq. Psixologik testlarni standartlashtirishning ushbu holati quyidagi
diagnostik vaziyatlarni aniqlash va hisobga olishni o‘zida qamrab olgan:
1.
Test o‘tkazish sharoitlari (bino, jihozlanishi va boshqa tashqi
omillar). Shubhasiz, qisqa muddatli xotirani tovush, ovozlar singari chet
ta’sirlarsiz yaxshi o‘lchashga erishiladi (masalan, Vekslerning raqamlar qatorini
takrorlash subtesti yordamida)
2.
Yo‘riqnomalarning mazmuni va uni taqdim qilish xususiyatlari
(ovoz toni, to‘xtalish (pauza), nutqning tezligi va boshqalar). Masalan, “O‘nta
so‘z” testidagi so‘zlar ma’lum soniyalar oralig‘ida taqdim etilishi kerak.
3.
Standartlashtiirilgan stimul materialning mavjudligi. Masalan,
olingan natijalarning xolisligi respondentlarga G.Rorshaxning qo‘lbola kartasini
yoki standartlashtirilgan –ma’lum ranglarning uyg‘unligi va ranglardagi
o‘zgachalik taqdim etilishiga ahamiyatli bog‘liqdir.
4.
Testni bajarishning vaqtini chegaralanishi. Masalan, Raven testini
bajarish uchun respondentga 20 daqiqa beriladi.
5.
Testni bajarish uchun standart blanki. Standartlashtirilgan
blankning qo‘llash natijalarni qayta ishlash jarayonini yengillashtiradi.
6.
Testlashtirish jarayoni va natijalariga o‘zgaruvchan sharoitlarning
ta’sirini hisobga olish. O‘zgaruvchan ta’sirlar deganda tekshiriluvchining
holatlari tushuniladi (toliqish, kechinmalar, testdan bezovtalanish, ya’ni holatlar,
ekspertizaning shartli harakat motivi va boshqalar), testning nostandart sharoitda
o‘tkazish (yomon yoritilgan bino, ventilyatsiyaning yo‘qligi va boshqalar) va
testni o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yish.
7.
Testni o‘tkazish jarayoni va natijalariga diagnostning xulq-atvori
ta’sirini hisobga olish. Masalan, test o‘tkazish jarayonida eksperimentatorning
74
qo‘llab-quvvatlovchi-rag‘batlantiruvchi xulq-atvorini respondent tomonidan
“to‘g‘ri javobni” shama qilish tarzida idrok etish va boshqalar.
8.
Test o‘tkazish jarayonida respondentni tajribasining ta’sirini
hisobga olish. Tabiiyki, respondent testdan birinchi bora o‘tayotgani yo‘q, u
noaniqlik tuyg‘usini bartaraf eta oldi va test vaziyatiga ma’lum munosabatni
ishlab chiqadi. Masalan, agar respondent Raven testini bajarib bo‘lgan bo‘lsa,
unga ikkinchi bora testni bajarishni taklif etish kerak. emas.
9.
Testning bajarilishini bir xillikda baholash: olingan natijalarni
standart talqin etish (bu ushbu testni yosh (masalan, intellekt testlarida), jins va
boshqa alomatlar uchun norma bilan bajarishdan olingan ko‘rsatkichlarni ko‘zda
tutadi.
Ikkinchisi,
psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va
foydalanishga yo‘naltirilgan: 1) test metodikalarini loyihalashtirish bosqichi va
ularning mazmuni. 2) Testning moslashtirish algoritmi va texnologiyasi.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, psixodiagnostik amaliyot rivoji
shubhasiz qayd etilgan talablar ro‘yxatini kengaytira boradi.
Dostları ilə paylaş: |