O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

 
PIKTOGRAMMA METODIKASI. 
Metodikani o‘tkazishdan maqsad: Piktogramma metodi yordamida 
assotsiativ jarayonlar, yodga tushirish va fikrlash xususiyatlari aniqlanadi. 
Metodikani o‘tkazish tartibi: Sinaluvchiga stimul so‘zlar yozilgan qog‘oz 
berilib, har bir so‘zni ramziy rasmlar orqali ifodalash taklif etiladi. Rasmning 
sifati ahamiyatga ega emasligi ta’kidlanadi. 
Stimul so‘zlar: 
1.
Kasallik. 
9.
Bilim. 
2.
G‘am-qayg‘u. 
10.
Bayram 
3.
Xursandchilik. 
11.
Boylik 
4.
Sevgi- muhabbat. 
12.
Keksa kishi. 
5.
G‘alaba. 
13.
Vrach 
6.
Do‘stlik. 
14.
Baxt 


141 
7.
Urush 
15.
O‘qituvchi 
8.
Xayrlashuv 
16.
Bilim. 
Tajriba bayonnomasida shaxsning rasm va uning izohi haqidagi fikrlari 
yozib boriladi. Sinaluvchi chizgan rasmlarni iloji boricha kengroq izohlab 
berishi kerak. Eksperimentator quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
1.
Stimul so‘z bilan chizilgan rasmning o‘zaro bog‘liqligi; 
2.
Sinaluvchining so‘zlarni qanchalik ramzlar yordamida ifoda eta olishi; 
3.
Piktogrammaning hissiy boyligiga e’tibor berish. 
 
 RAVENNING “PROGRESSIV MATRITSALAR” TESTI. 
Dj.Ravenning “Progressiv matritsalar” testi 1936 yillarda yaratilgan 
bo‘lib, unda har biri 12 ta topshiriqdan iborat 5 seriyali topshiriqlar 
mujassamlashtirilgan. Ushbu test tafakkur mantiqiyligini o‘rganish uchun 
mo‘ljallangan. Test to‘plamlari to‘g‘ri burchak shaklidagi matritsalardan tashkil 
topgan bo‘lib, o‘zida mantiqiy yaxlitlikka, ma’lum qonuniyat va qoidalarga 
asoslanib tuzilgan har xil figura va figuralar to‘plamidan iborat . Masalan, 
qandaydir qismida etishmovchilik mavjud bo‘lgan rasm va tasvirlar berilganki, 
tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan va 6 yoki 8 
gacha bo‘lgan javoblar variantidan birini mos o‘ringa qo‘yishi lozim bo‘ladi. 
Har 
bir 
seriya 
engil 
topshiriqlardan 
boshlanib, 
keyinchalik 
murakkablashib boraveradi. Bu holat A seriyadan boshlanib, E seriyada yanada 
murakkabroq ko‘rinish oladi. 
Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda ma’lum shakllarni idrok 
etishni, ularning xususiyatlarini qamrab olish lozimligini, munosabatlar 
yig‘indisiga asoslanganligi tufayli har bir topshiriqni bajarishda ma’lum 
mantiqiy mulohazalashni talab etadi. 
Topshiriqlarni echishda uchta asosiy psixik jarayonlar ishtirok etadi: 
-
diqqat , e’tiborlilik(diqqat idrok va tafakkur doirasidan 
ajratiladi); 
-
idrok etuvchanlik; 


142 
-
tafakkur, tushunuvchanlik. 
Topshiriqlarni echish vaqtida diqqatda ancha zo‘riqish paydo bo‘ladi. 
Shunday 
bo‘lsa-da 
uni 
tekshiriluvchining 
topshiriqlarni 
echishdagi 
qiziquvchanligi engilashtirishga olib keladi. Topshiriqlarni bajarish sharoitida 
diqqatni to‘plashni va uning taqsimlashni talab etadigan holatlar ko‘p uchraydi. 
Bu erda diqqatdan tashqari iroda va emotsiyaning ham ahamiyati ko‘zga 
tashlanadi. Shu sababali ham Ravenning«Murakkablashib boruvchi 
matritsalari» «umumiy intellektni» tekshiruvchi test emas, balki intellektual 
faoliyatni rejali, tizimlashganlik qobiliyatini tekshirishga qaratilgan. 
Raven testi topshiriqlarining alohida seriyalar bo‘yicha tavsifini keltirib 
o‘tish o‘rinlidir. Bu holatini inobatga olishimiz tadqiqot natijalariga ko‘ra test 
topshiriqlarini tahlil etishimizda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi va bizga ma’lum 
engilliklar tug‘diradi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, matritsa shkalalari 5 seriya 
topshiriqlardan tuzilgan bo‘lib, Raven ularni quyidagi tamoyillarga muvofiq 
tartiblagan edi: 
A) seriya topshiriqlari tuzilmasi o‘zaro aloqadorlik tamoyiliga; 
B) seriya topshiriqlari juft figuralar orasidagi o‘xshashlikka(analogiya); 
C) seriya topshiriqlari figuralaridagi progressiv o‘zgarishlarni aniqlash 
tamoyili; 
D) seriya topshiriqlari seriya topshiriqlari figuralarni qayta guruhlash 
tamoyili; 
E) seriya topshiriqlari figuralarni elementlarga ajratib tashlash tamoyiliga 
tayanib tuzilgan. 
Shuningdek mazkur metodikaning qisqartirilgan modifikatsiyasi ham 
mavjud. Testning ushbu shakli tadqiqot o‘tkazishda kam vaqtni talab etishi va 
test topshiriqlarining kamligi bilan qulaylik yaratadi. Sinaluvchiga turli 
figuralardan iborat rasmlar namoyish qilinadi. Keltirilgan rasmda bitta figura 
etishmaydi. Sinaluvchining vazifasi rasm pastida keltirilgan 6-8 figuradan mos 


143 
keladiganini javob varaqasiga belgilash. Metodikani bajarish uchun 30 daqiqa 
vaqt beriladi.
Stimul materiallar: 


144 


145 


146 


147 
Test kalitiga mos kelgan to‘g‘ri javobga ko‘rsatilgan ball, noto‘g‘ri 
javob uchun esa 0 ball beriladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin