134
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI
DIQQAT XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
“Shulte jadvali”
metodikasi.
Metodikadan foydalanishdan maqsad: Bu metodika diqqatning ko‘chishi,
bo‘linishi va sensomotor reaksiya tezligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Metodika 25 ta kataklarga bo‘lingan, 5 ta kvadratdan iborat bo‘lib, ularni
qo‘lda yasash ham mumkin. Metodikani o‘tkazish uchun sekundomer va alohida
katakli atlas zarur.
Kvadratlarning o‘lchami 60x60 sm. Kataklarda yozilgan sonlar tasodifiy
tartibda joylashgan. Jadval sinaluvchining ko‘zidan 35-40
sm masofada
joylashtiriladi. Sinaluvchi katakli kvadratlarda tasodifiy tarzda joylashgan
sonlarni, ketma-ketlikda (1 dan 25 gacha) ovoz chiqarib aytishi shu bilan birga
qo‘li bilan ko‘rsatishi kerak. Psixolog esa har bir katakli kvadratlardagi sonlarni
topishga sarflangan vaqtini “sinov natijalari bayonnomasi”da qayd qilib boradi.
Har bir katakli kvadrat ichidagi 1 dan 25 gacha sonlarni topishga ketgan
vaqt alohida qayd qilinadi. Olingan natijalarni
grafik shaklda ifoda etish
mumkin. Shuningdek, barcha katakli kvadratlardagi
sonlarni topishga ketgan
vaqtni topish uchun, 5 ta kvadratga ketgan vaqtni qo‘shib keyin o‘rtacha
arifmetik miqdorni ham topish mumkin. Metodikani
bajarishda kvadratdagi
sonlarni topishga ketgan vaqtni bir xil yoki notekis taqsimlanishi ham
ahamiyatga ega. Diqqat ko‘chuvchanligi normadagi
sinaluvchilar barcha
kvadratlardagi sonlarni bir xil vaqt ichida topadilar. Gohida kvadratdan-
kvadratga tomon sonlarni topish tezlashib boradi.
Bu sensor malakaning oshib
borganligini ko‘rsatadi. Agar kvadratdagi sonlarni topishga ketgan vaqt har xil
bo‘lsa (yani diqqat sustlashib borsa), bu holat astenik sinaluvchilarga xos
xususiyat hisoblanadi (simtom). Asteniyaning barcha turlarida va ba’zi bir
psixik kasalliklarda diqqatning buzilishi va sustlashini
kvadratdan-kvadratga
xatolar soni va vaqt oshib borishi kuzatiladi.
136
Shulte jadvali yordamida o‘tkazilgan sinov natijalari bayonnomasi
Sinaluvchi ________________________________________
Jadval nomeri
Topshiriqni bajarishda
kuzatilgan sinov
natijalari
Vaqt
1-sonli jadval
2-sonli jadval
3-sonli jadval
4-sonli jadval
5-sonli jadval
Jami
Dostları ilə paylaş: