2
Fan/modul kodi
336 FINC 2 9 1.10
O‘quv yillari
2021-2022
Semestr
3-5
ECTS - Kreditlar
14
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
Haftadagi dars soatlari
4
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Moliya
180
240
420
2.
I. Fanning mazmuni
“Moliya” fanini o‘qitishdan maqsadi –
talabalarda moliya, moliyaviy
siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyani boshqarish, moliyaviy infratuzilma,
moliyaviy yangiliklar,
pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul
oqimlarining diskontli tahlili,
moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tashkilotlar
moliyaviy faoliyati,
moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni
moliyalashtirish, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi
moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirish hisoblanadi
Fanning vazifasi
- talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar,
moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish orqali fanning inson hayotidagi va jamiyatdagi
o‘rni hamda ahamiyatini ochib berish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-MODUL. MOLIYA: NAZARIY ASOSLAR
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan
ehtiyojining rivojlanishi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya.
Moliyaning moddiy mazmuni. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning
funksiyalari va moliya
mexanizmi. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Xorijiy
iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari. Siyosiy iqtisod klassiklari
konsepsiyalarining asosiy mazmuni va ularning moliyaviy jihatlari.
Soliqqa
tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning A.Smit tomonidan
ilgari surilgan to‘rt asosiy tamoyillari va uni soliq konsepsiyasining maqsadlari.
J.S.Mill “Xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasi. Yangi tarixiy
3
maktab konsepsiyalari. Moliyaviy muammolarning
markschilar asarlarida
talqini.