SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 15
Yosh adabiyotshunos Anvar Allamberganovning “O„zbek nasrida Abu Rayhon Beruniy
obrazining yoritilishi” maqolasida milliy adabiyotimizda buyuk ajdodlarimiz, mutafakkir
olimlar qanday akslantirilmoqda, qaysi ijodkorlar o„z asarlarida tarixiy voqelikka, tarixiy
shaxslar hayotiga murojaat qildilar kabi masalalar qo‟yilgan va bular turli asarlarni tahlilga
tortish orqali ochib berishga harakat qilingan. Umuman olganda, maqola o„zbek nasrida
yaratilgan Abu Rayhon Beruniy obrazining umumiy tahlillariga bag‟ishlanadi. Adabiyotshunos
Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar”, Pirmat Shermuhammedovning “Dahoning
tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati” qissalari, Odil Yoqubovning “Ko„hna dunyo”,
Qurbon Muhammadrizoning “Omonat tuhfa”, “Sinov sahnasi” romanlarini, aynan Beruniy
obrazi bosh obraz qilib olinmagan bo„lsa-da, Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino” va
“G„aznaviylar” romanlaridagi ma‟lum boblarni tahlil qilish orqali buyuk qomusiy olim
obrazlarining qay darajada mahorat bilan yaratilganliklari va tarixiy fakt va manbalardan
unumli foydalanganliklarini qiyosiy-tipologik va qiyosiy- tarixiy metodlar orqali ochib beradi.
Parallel maqola sifatida tahlilga tortayotgan maqolamiz quyidagi xususiyatlarga ega.
A.Allamberganov maqolada Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar” va Pirmat
Shermatning “Dahoning tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati” qissalarining o„xshash
va farqli jihatlarini tahlil qiladi. Muallif har ikkala qissaning mushtarak jihatlari sifatida har
ikkala asarning bir xil janrda, ya‟ni epik turning qissa janrida yozilganligi va qissalarda bir
tarixiy davr va bir tarixiy shaxsga murojaat qilinganligini ko„rsatib o„tadi. Asarlarning farqli
tomonlari sifatida quyidagi fikrlarni keltiradi: Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar”
qisasida:
voqelikni ixcham bayon qilingan;
qahramonlarning ichki monologlari va dialoglaridan kam foydalanilgan;
allomaning shaxsiy hayoti bilan bog„liq bo„lgan jihatlar kam urg„ulangan;
olim hayotining so„nggiga qadar bo„lgan voqealar aks ettirilmagan.
Pirmat Shermuhammedovning “Dahoning tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy
qismati”da esa:
-voqelik batafsil bayon qilingan;
-
epigraf va iqtiboslarga keng o„rin ajratilgan;
-
alloma asarlarining yozilish tarixi, jarayoni, undan parchalar keltirib o„tilgan;
-
tarixdan ma‟lum Ibn Sino bilan savol-javoblarning bugungi kungacha yetib kelgan
qismlari aynan keltirilgan;
-
tarixiy shaxs obrazini to„laqonli ochib berishga harakat qilgan holda ichki
monologlardan foydalanilgan;
-
Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub she‟rlar aynan keltirilgan;
-
Beruniyning insoniylik qiyofasini namoyon qilishda to„qima obrazlardan unumli
foydalanilgan.
4
yog„dusi”, 2017
;
Qoriyev M. Ibn Sino. – Toshkent: “Sharq”, 1995; Qoriyev M. G„aznaviylar. – Toshkent: “Yangi
nashr”,2019.
4
Allamberganov A. Gullayotgan chechaklar. – Toshkent: “Adabiyot”, 2020. –B.-75-76.