So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 470,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.10.2023
ölçüsü470,04 Kb.
#155039
  1   2   3
Gulnoza Teshayeva



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 
14 
PARALLEL MAQOLANING JANRIY XUSUSIYATLARI 
Gulnoza Teshayeva 
BuxDU adabiyotshunoslik mutaxassisligi II bosqich magistaranti 
gulnozateshayeva1999@gmail.com
 
Annotatsiya: 
Adabiy tanqidchilikning mustaqil janri hisoblangan adabiy parallel ham o„z 
ichki xususiyatlariga ko„ra tasniflanadi. Ushbu maqolada yosh adabiyotshunos Anvar 
Allamberganovning “O„zbek nasrida Abu Rayhon Beruniy obrazining yoritilishi” maqolasi
tahlil qilinib, parallel maqolaga xos bo„lgan janriy xususiyatlar ochib berilgan.
Kalit so„zlar: 
parallel maqola, epik tur, ixchamlilik, ilmiylik, Beruniy obrazi, qiyosiy-
tipologik va qiyosiy- tarixiy metod. 
Adabiy tanqid ham o„zining maxsus janrlariga ega soha hisoblanadi. O„zbek adabiy 
tanqidchiligida adabiy parallelni hajmiga ko„ra shartli ravishda adabiy maqola, monografiya 
yoxud dissertatsiya ko‟rinishida tasnif qilish mumkin. Ularning har biri o„z janriy tabiatidan 
kelib chiqqan holda xususiyatlarini namoyon qiladi. Adabiy parallelning muhim janriy 
xususiyatlaridan biri bu kamida ikki asar yoki ijodkorning o„xshash va farqli jihatlari 
qiyoslanishidir. Taniqli rus tanqidchisi B.F. Yegorov o‟zining “
О
мастерстве
литературной
критики

жанры

композиция

стиль
” nomli tadqiqotining “
Диалог
и
литературная
параллель
как
жанры
” bo`limida adabiy parallelning janriy xususiyatlarini 
tahlil qilar ekan, quyidagi fikrlarni bayon etadi: “…qat‟iy qilib aytganda, u (adabiy parallel) ni 
materialning qamrov kengligi bo‟yicha tasniflangan janrlar guruhiga kiritish kerak: adabiy 
portret – bu bir yozuvchi haqidagi maqola, monografik taqriz – bir asar haqida, obzor – 
ko`plab yozuvchlarning ko`p asarlari haqida yozilsa, parallel – bir-biriga qiyoslanuvchi ikki 
yoki undan ortiq asar yoxud ijodkor haqida yoziladi”.
1
Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlar necha asrlardan buyon 
insoniyat tamadduni rivojiga o„z hissasini qo„shib kelmoqda. Fanning turli sohalariga 160 ga 
yaqin asarlar yaratgan zabardast olim siymosi turli ijodkorlarning turli janrdagi asarlarida o„z 
aksini topgan. Beruniy haqida mashhur olim va tarixchi Abdulfazl Bayhaqiy: “…u narsalar 
mohiyatini tushunishda, ijodiyot, riyoziyot va falsafada shunchalik bilimdon ediki, o„z davrida 
unga teng keladigan kishi yo„q edi”, – degan edi. J.Sarton esa “XI asr – fan tarixida Beruniy 
davridir”, – deya allomaga yuksak baho bergan. S. Tolstov Beruniy siymosida O„rta asrlar 
Sharqining ulug„ qomusiy olimi – astronomi, geofrafi, minerologi, etnografi, muarrixi, shoiri 
mujassamlashganligini ta‟kidlagan.
2
O„zbek adabiyotida ham buyuk bobokalonimiz hayoti va 
ilmiy faoliyatiga bag„ishlangan bir qator badiiy
3
asarlar yaratilgan. 
1
Егоров Б. О мастерстве литературной критики: жанры, композиция, стиль.
– 
Ленинград
: Сов. Писатель, 
Ленинградское отд-ние, 1980.

С.-193. 
2
Комилов Н. Тафаккур карвонлари. – Тошкент: “Маънавият”, 1999.- Б.-18. 
3
Osim M. Jayhun ustida bulutlar. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi adabiyot va san‟at nashriyoti, 1975;
Shermuhammedov P. Dahoning tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati. – Toshkent: “Voris nashriyoti”, 2009; 
Yoqubov O. Ko„hna dunyo. – Toshkent: “Sharq”, 2018; Muhammadrizo Q. Omonat tuhfa. – Toshkent: “Noshirlik 



Yüklə 470,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin