2 - jadval
Epidemiologik tekshiruv usulining turlari
Tekshiruv
usullari
Tekshirishning maqsadi
Tasviriy
baholash
Kasallikning hududlar bo’yicha tarqalishini yilning
har xil fasllarida va aholining har xil turkumlari o’rtasida
qanday tarqalganligini aniqlash. Kasallikni kelib
chiqishi
va tarqalishi uchun sabab bo’luvchi omillar haqidagi
mulohazani shakllantirish.
Analitik (tahliliy
usul)
Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun
sabab
bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tahlil qilish
asosida baholash. Kasallikni keltirib
chiqaruvchi va
tarqalishiga sabab bo’luvchi omillarga mos keladigan
profilaktik chora-tadbirlarni aniqlab berish.
Epidemiologik
tajriba usuli
Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab
bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tajribada
isbotlash.
Epidemiologik
prognoz
Kasallikni kelajakda
qanday darajada tarqalishi
mumkin ekanligini oldindan aniqlab berish.
I. Tasviriy - baholash usuli.
Bemorlarning soniga (miqdoriga) asoslanib,
kasallikning tarqalganligi haqida va bu kasallikning keltirib chiqaruvchi omillari
haqida mulohazaning shakllanishida qo’llanilib, bu usul yordamida olingan
ma’lumotlarga asoslanib, shu kasalliklarga qarshi kurashda qo’llaniladigan
tibbiy
tadbirlar aniqlanadi.
Kasallikning tarqalganligini bemorlar soniga asoslanib tahlil qilinadi va nisbiy
raqamlar qo’llaniladi. Raqamlar asosan bemorlar soni kam bo’lgan
taqdirda yoki
tahlil qilinayotgan davr ichida tekshiriluvchi aholi soni o’zgarmagan hollarda
qo’llaniladi. Bizga ma’lumki, har bir guruhda yoki biron-bir tuman yoki viloyat
aholisining soni mutloq bo’lmasada tez-tez o’zgarib turadi, shuning
uchun
kasalliklarni tahlil qilishda faqatgina mutloq raqamlarni ishlata bilish jiddiy xato va
kamchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli ko’pincha mutloq raqamlarni
nisbiy kattaliklarga aylantirilib ishlatiladi. Bunday hisoblash kasallikning har xil
guruhlarda yoki har xil aholi o’rtasida qanday darajada tarqalganligini bir-biriga
taqqoslab o’rganish imkoniyatini beradi (3 - jadval).
3 - jadval.
Dostları ilə paylaş: