shahrida (Yaponiya, 1946 y.) qo’llanilgan yadro quroli ta’sirida paydo bo’lgan
bemorlar ustidan olib borilgan tajribalar misol bo’la oladi.
Epidemiologik tajriba o’tkazish natijasida epidemik jarayonning
kelib
chiqishi va tarqalishidagi sababiy bog’lanishlar aniqlanadi.
Epidemiologik tajriba ba’zan epidemik jarayonga o’xshash jarayonni sun’iy
yo’l bilan paydo qilish tufayli ham sodir bo’lishi mumkin.
Masalan, yuqumli ichak kasalliklari qo’zg’atuvchilarining
odam organizmida
va tashqi muhitda qanday tarqalishini o’rganish maqsadida sog’lom kishilarga "M-
17" markali bakteriya yoki bakteriofag ichiriladi va keyinchalik bu
bakteriyalarning sog’lom kishilar organizmida va tashqi muhitda tarqalish yo’llari
kuzatiladi.
Epidemiologik tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarning aniqligi
tekshirish o’tkazilayotgan aholi guruhlari va taqqoslash uchun
olingan aholi
guruhlarining bir-biriga tekshirilayotgan belgidan
tashqari hamma belgilarning
qanchalik o’xshashligiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: