Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318
hisob siyosati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 “BUXGALTERIYA HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI 
 
REJA: 
 
1.Xо‘jalik hisobi tо‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qо‘yiladigan talablar 
2. Xо‘jalik hisobining turlari 
3. Buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari 
4.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining о‘rni va sohadagi 
islohotlarning ahamiyati 
5.Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning shakllariga bog‘liqligi 
6.О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni va uning ahamiyati. 
7. Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va qо‘llash tartibi. 
Tаyanch ibоrаlаr:
хo‘jalik hisobi,
 
hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, natura tabiiy o‘lchovi, 
mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob, 
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilar, buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari, buxgalteriya hisobining asosiy 
tamoyillari, hisob yuritish siyosati. 
1.1. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar 
Bozor sharoitida buxgalteriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, uning nazariyasi 
buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi. Bu fan xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or 
usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Hisob – kitob ta’minot mahsulot ishlab chiqarish, sotish 
jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur. 
«Buxgalteriya hisobi» o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Hisob kishilik jamiyatining barcha 
ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Lekin u o‘zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati, 
vazifalari, texnikasi, shakllari bilan turli bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo‘lib, o‘sha 
bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning xususiyatidan kelib o‘sha 
bosqichga xizmat qilgan. Har bir taraqqiyot bosqichida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish 
jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan 
foydalanilgan.
Tovar ayirboshlash davrida hisobga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. Chunki tovar 
almashtirishda umumiy ekvivalent bo‘lishini talab qilardi. Bu jarayonda har bir ishlab chiqarilgan 
tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob – 
kitob qilish yo‘li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli oshib, uning vazifalari 
kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi.
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatib 
borish; 
-
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish; 


10 
-
maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operasiyalarini umumlashtirish va guruhlash; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayoni va operasiyalari ustidan nazorat olib 
borish va unga ta’sir etish.
Ushbu hisob funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar va butun xalq xo‘jaligining iqtisodiy 
jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Xullas, hisob kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini miqdoriy aks ettirish va unga 
sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir. 
Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha keyin, ya’ni 
18–asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»-ushlash so‘zlaridan kelib 
chiqqan. Pacholining ikkinchi dunyoga mashhur bo‘lgan «Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da
ikkinchi o‘rinda «ikkilamchi yozuv» yoki ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha berilgan. Hisob 
jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib, 
takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan. 
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi turli tarkibiy qismlarga ajratilgan holda maxsus fanlar 
sifatida barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya 
hisobini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus fanlar bo‘lib «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», 
«Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Byudjet hisobi», «Banklarda buxgalteriya hisobi», 
«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin