1.
Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2.
Hisobotda foydalanilgan raqamlaming aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan
raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan
kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb
uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda
joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni
hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish
sanasi dam olish kunidan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun
buxgalteriyaning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarishi muddatlarini ko‘rsatib
yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi t|iiyida yuritilsa, grafik bilan
belgilangan muddatlarda jumal - ordcrlaming jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir
registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi
schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlaming asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy
ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bo/.oridagi o‘mi to‘g‘risida
to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot •.liakllarining mazmunini to‘ldirishdan
iborat.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy
faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jnmladan korxona ixtiyorida
qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki (aqsimlanmasligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralami
baholash, ulaming tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan
tushumlami hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlab chiqishga doir turli
investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini
yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
2015-yilga qadar soliq to‘lovchilar qay tarzda hisobot taqdim etishni o‘z
xohishlariga qarab tanlashlari mumkin edi - shaxsan olib borib berish, pochta orqali
buyurtma xat bilan yoki Internet tarmog‘i orqali elektron hujjat tarzida. Biroq,
2015yilning 1-yanvaridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini
faqat elektron hujjat tarzida taqdim etishlari lozim.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr
bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar
tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo
chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko‘rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: