Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 924 www.ares.uz Maktabgacha ta‟lim tashkilotida ta‟limning frontal (umumiy), jamoaviy va
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta‟lim berish
ishlari ekskursiya, ta`limiy o„yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg„ulotdan
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o„yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga
oshirilib boriladi.
Mashg„ulot maktabgacha ta‟lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir:
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma‟lum o„rin va vaqt
ajratilgan. Mashg„ulot tarbiyachi rahbarligida o„tkaziladi, tarbiyachi mashg„ulotda
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg„ulotlarini
tashkil etadi. O„quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg„ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg„ulot
orqali bolalar o„quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani,
diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta‟lim berish
natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
MUHOKAMA Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega:
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta‟sir etishadi, o„z tashabbusi,
topog„onligini namoyon qilish imkoniyati tug„iladi. Bolalar oldiga umumiy zo„r
berishning talab etuvchi vazifa qo„yilganda birgalikda qayg„urishadi, jamoatchilik
xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini
birgalikda bajarish, umumiy raqs-o„yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish,
o„qishda paydo bo„lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do„stona
jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg„ulotda ta‟lim berish orqali bolalarda
maktabdagi o„qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o„zini tuta olish,
mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to„g„ri sifatlar hosil
qilinadi.
Bolalarni maktab ta‟limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang„ich
sinflarda dastur materialni yaxshi o„zlashtirib olishlarini ta‟minlovchi bilim va
malakalar mashg„ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg„ulotlarda bolalarda
mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish,
ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy
g„oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga
katta e‟tibor beriladi.