Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
- Suyak, hayvon tezagi yo qog’oz bilan istinjo qilish mumkinmi?
- Yo’q, makruhdir.
- Yuvilish tartibi qanday?
- Ko’ngil qaror topguncha yuvilsa kifoya. Avratdan yelning o’zi kelgan bo’lsa, yuvilmasa
ham bo’ladi.
Toza suv
- Qaysi suv tahoratga loyiq?
- Asosan, oqar suvlar. Agar ularga toza narsa qo’shilsa-yu,
suvning tozalik tabiati
buzilmasa, loyiq. Masalan, loyqa suv. Biroq ayron, sirka, sharbat qo’shilsa, joiz emas.
Shuningdek, tarvuz suviga ham tahorat loyiq emas, lekin libosni artsa bo’ladi.
- Najas aralashgan suvga tahorat qilish mumkinmi?
- Oqar suv bo’lsa,
kengligi qirq metr, chuqurligi yarim qarich hovuz yoki ko’l bo’lsa,
mumkin. Ammo bu shartlarga muvofiq kelmasa, mumkin emas.
- Odam ichgan suvning qolgani tozaga o’tadimi?
- O’tadi, ammo og’izda aroq asorati bo’lsa, o’tmaydi.
- Go’shti halol hayvonlar ichgan suvga tahorat qilsa bo’ladimi?
- Ha. Lekin yirtqich hayvonlar ichgan suvga tahorat qilib bo’lmaydi. Tovuq va qarchig’ay
ichgan suv tozaga o’tadi, lekin tahorat qilmoq makruh.
Avrat a’zolar
- Namoz payti qanday kiyimda bo’lish lozim?
- Namoz payti avrat a’zolar libosda bo’lmog’i farz. Avrat joylarga erkak kishining
tizzasidan to kindigigacha kiradi. Bu joylar berk bo’lmasa, namozga turish yaxshi emas.
- Ayol kishining qay yerlari avrat hisoblanadi?
- Agar ayol birovning cho’risi bo’lmasa, ikki qo’l kafti, ikki oyoq
kafti va yuzidan boshqa
hamma joyi namoz paytida berkitilmog’i lozim. Agar ayol cho’ri bo’lsa, kindigidan to
tizzasigacha avrat joyi hisoblanadi. Lekin u qorni va belini ham berkitsa, yaxshi bo’ladi.
- Avrat joylarning qanchasi ochilsa, namoz o’qilmas?
- Avrat joylarning to’rtdan biri ochilsa, namoz o’qish yaxshi emas.
- Liboslar iflos bo’lsa, yuvmoqqa suv bo’lmasa, namoz mumkinmi?
- Libos iflos bo’lsa ham, o’qiladi, biroq libos bo’la turib yalang’och namoz o’qilmaydi.
- Libos topilmasa, qanday qilib namoz o’qiladi?
- Ul vaqtda o’tirib, avrat va g’alizasini qo’l bilan berkitib, imo-ishora
bilan ibodat qilmoq
mustahabdir. Ba’zan turib o’qish ham joiz.
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
Dostları ilə paylaş: