Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Ahmad Hodiy Maqsudiy
IBODATI ISLOMIYA
**********************
BIRINCHI QISM
Din va shariat
– Din va shariat nima?
- Alloh taoloning bandalariga yuborgan hukmlari to’plami.
- Alloh taolo bandalariga qanday hukmlar yuborgan?
- Bandalariga dunyo va oxirat rohatlariga yetishmoqlari uchun to’g’ri yo’l-yo’riqlardan
iborat hukmlar yuborgan.
- U hukmlarda qanday ishlarning bayoni bor?
- Banda qilishi lozim bo’lgan va qilishi ta’qiqlangan vazifalarning bayoni bor.
- Alloh taolo din va shariat hukmlarini bandalariga qaysi yo’l bilan bildirdi?
- Alloh taolo bandalari ichida eng loyiqlarini payg’ambar etib sayladi va o’sha
payg’ambarlarga farishta Jabroil (a.s.) vositasida din hukmlarini o’rgatdi. So’ngra
payg’ambarlar bu hukmlarni odamlarga yetkazdilar.
Imon va Islom
- Imon nima?
- Alloh taolodan kelgan haq dinga ishonmoq imondir.
- Islom nima?
- Alloh taolodan kelgan haq dindir.
Bu dinga ishonib, shu dinda buyurilgan vazifalarni
bajarishga intilish barcha bandalarning burchidir.
- Bizlar qaysi payg’ambarning ummatlarimiz?
- Muhammad alayhissalomning ummatlarimiz. Muhammad
alayhissalomga kelgan dinga
ishonib, o’sha dinda buyurilgan amallarni qilamiz, unda ta’qiqlangan amallarni tark
etamiz.
- Alloh taolodan Muhammad alayhissalomga kelgan dinning nomi nima?
- Islom.
Alhamdulillah, biz ushbu dinga e’tiqod qo’ygan mo’min-musulmondirmiz.
Amal
- Amal nima?
- Bandaning hayotda qilgan ishlari.
- Islomda bandaning amali necha qismga bo’linadi?
- Hammasi sakkiz qismga bo’linadi: Birinchisi – farz. Ikkinchisi – vojib. Uchinchisi –
sunnat. To’rtinchisi – mustahab. Beshinchisi – muboh. Oltinchisi – harom. Yettinchisi –
makruh. Sakkizinchisi – mustakrah. Ushbu sakkiz qism amalning ba’zilarini bajarish
shart, ba’zilarini bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ixtiyoriy.
- Farz qanday amal?
- Farz Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi.
Uzrsiz bajarmagan
kishi gunohkor bo’ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi.