Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
Hazrati Odam (a.s.) va Havvo
- Dunyoda eng avval kim yaratilgandir?
- Otamiz Odam (a.s.) va onamiz hazrati Havvolar.
Ular jamiki odamzotning ota-
onalaridir.
Muhammad alayhissolatu vasallam
- Muhammad alayhissalom qachon dunyoga kelganlar?
- Milodiy tarixning 570 yili 27 savrda, 12 rabiul-avvalning dushanba kuni dunyoga
kelganlar.
- Muhammad alayhissalom qaerda dunyoga kelganlar?
- Osiyoda. Arabistonning Makka nomli shahrida dunyoga kelganlar. Ellik uch yoshgacha
Makkai Mukarramada, oxirgi o’n yil Madina shahrida yashaganlar.
- Ul zot necha yoshlarida payg’ambar etib saylandilar?
- Qirq yoshlarida.
- Ungacha umrlari qay holda kechdi?
-
U zot yoshliklaridanoq aqlli, farosatli va diyonatli kishi edilar. U kishini butun Makka
ahli izzat qilardi. Sevib «Muhammad al-Amin» (ishonchli Muhammad), derdi.
- Payg’ambar bo’lgunlaricha mashg’ulotlari nima edi?
- Xadicha ismli boy savdogar ayolning savdogarlik ishlariga mutasaddi edilar. Yigirma
besh yoshlarida hazrati Xadichaga uylandilar.
- Hazrati Xadicha u paytda necha yoshda edi?
- Qirq yoshda.
- Islomgacha Arabiston ahli qaysi dinda edi?
- Ko’pchilik butparast va majusiy, ba’zilar yahudiy va nasroniy dinida edilar. Ba’zilari
o’zlarini Ibrohim
alayhissalom dinida hisoblab, uning millatidanmiz, deb aytar edilar.
- Muhammad alayhissalomning payg’ambarliklari qanday boshlangan
?
- Muhammad alayhissalom qirq yoshlarida dunyo ishlarini tark qildilar. Aqlu e’tiqod bilan
Alloh taolo borligini bildilar va Makkai Mukarramaning chetidagi Hiro tog’ida g’orga borib,
Allohga ibodat qildilar. Bir kuni o’sha tog’da o’tirganlarida farishta Jabroil kelib «Iqro»
surasini o’qidi. Yana bir kelganlarida Alloh taolo u zotni payg’ambar
etib tayinlaganini va
odamlarni Islom diniga da’vat qilmog’i uchun elchi etib saylaganini so’zladi.
- So’ng nima bo’ldi?
- So’ng Allohning rasuli xaloyiqni Islom diniga taklif qila boshladilar.
- Dastlab kimlar imon keltirdi?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, xotinlardan Xadichai Kubro, yosh bolalardan hazrati Ali.
- Payg’ambar bo’lganlaridan so’ng Makkai Mukarramada necha yil turganlar?
- O’n uch yil. So’ng Allohning amri bilan Madina shahriga hijrat qilganlar. U zot bilan
birga musulmonlar ham hijrat qilishdi. Biz Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga
hijrat qilganlaridan
boshlab hijriy tarix, deb hisob yuritamiz.
- Allohning rasuli Madinada bo’lgan vaqtlarida qaysi ishlar yuzaga keldi?
- Shahar aholisi islomiy hukm asosida umr kechira boshladi va imonsiz xalqlarni Islomga
kirgizmoq va Islom davlati yaratmoq uchun kurashdi. Kofirlarga qarshi janglar bo’ldi. 8-
hijriy sanada Makka ham musulmonlar qo’liga o’tdi. 10-sanada barcha musulmon ahli
Makkai Mukarramaga hajga bordi. Ushbu haj vaqtida Alloh taolodan Kalomi sharifning
so’nggi oyatlari nozil bo’ldi. Muhammad alayhissalom u oyatlarni
aytib Alloh taoloning
kalomi – Qur’on nihoyasiga yetganini va Islom dinining hukmlari butunlay bayon
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
Dostları ilə paylaş: