Bandalarning fe’l-atvori - Bandalarning fe’li kim tomonidan belgilanadi? - Bandalar o’z fe’llarini o’zlari yaratadilar. Alloh taolo ularga kuch-quvvat, ya’ni biror
narsani ixtiyor etmoqqa kifoya qilguvchi iroda va ixtiyor bergan.
- Alloh taolo bandalariga yaxshi va yomon fe’llarni taqsimlab berganmi? - Albatta, banda qaysi fe’l-atvorni ixtiyor qilsa, Alloh taolo unga o’sha fe’lni ravo ko’radi.
Agar biror kishi o’z ixtiyori bilan savob ishni qilmoqchi bo’lsa, Alloh unga bu fe’lini
bermoqqa rozidir. Agar gunoh fe’lni bandasi kasb qilsa, Alloh taolo rozi bo’lmaydi. Lekin
sinov muddatini bo’yniga qo’ygan holda uni o’z ixtiyoriga qo’yadi.
- Bandaning fe’lini Alloh belgilaydigan bo’lsa, bandalar bajargan yumushlari uchun savob yoki gunoh orttiradilarmi? - Albatta, agar banda yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi, mabodo yomon fe’lga yo’liqsa,
gunohkor bo’ladi. Chunki Alloh taolo tanlash ixtiyorini bandalarning o’zlariga bergan edi.
Zamonning oxiri - Zamonning oxir bo’lishi ma’nosi nima? - Ushbu dunyoning oxirlashi va tugashidir.
- Zamon tugashining belgilari qanday? - Yer yuzining jami mavjudoti – odamzot va hayvonot, osmonda esa butkul farishtalar
qirilib halok bo’lishi zamon oxirining asosiy belgisidir.
- Zamon qay vaqtda tugaydi? Unga necha yil qoldi? - Zamonning qachon va qay holatda tugashi yolg’iz Allohga ayondir. Biz faqat shuni ayta
olamizki, har kuni va har lahzada qiyomat bo’lishining ehtimoli bor.
- Zamon tugamasidan avval uning qanday alomatlari ko’rinadi? - Zamon tugamasidan avval yer yuzini faqat bir millat vakillari egallab oladi. Ammo
Islom davlatlari juda zaif bo’ladi. So’ngra o’sha qudratli millat ham zaiflashadi va o’zga
qavmning tasarrufiga kirib ketadi. Musulmonlar esa taraqqiylashib ketadi. So’ngra yana
jamiki odamlar ibodatsizlikka mubtalo bo’ladilar. Jabr va zulm ko’payadi. Zilzila, yerning
cho’kishi, shaharlarni suv bosishi hodisalari ko’p bo’ladi. Vaboga o’xshash turli-tuman