Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
Jannat va jahannam
- Jannatning ta’rifi qanday?
- Jannat rohat va farog’atga to’la. Unda xushhavo bog’lar,
zilol chashmalar, til bilan
bayon qilib bo’lmas afzalliklar bor.
- Jannatdagi eng mo’’jizaviy va hayratlanarli voqea nima?
- Jannat ahlining Alloh diydoriga yetishmog’i. Ammo
Allohni biz qay tariqa, ya’ni qay ko’z
bilan ko’rmog’imiz ma’lum emas.
- Jahannam qanday makon?
- Jahannam qabohatga va razolatga to’la azoblar makonidir. U joyda Zaboniya ismli
farishtalar kofirlar va gunohkorlarga ayovsiz jazo beradilar.
- Jannatga kimlar kiradi?
- Bu o’tkinchi dunyoda Alloh buyurgan
amallarni bajarib, u Zot ta’qiqlagan ishlardan
qaytgan diyonatli va gunohlari kechirilgan mo’min bandalar kiradi.
- Jahannamga-chi?
- Kofirlar va fosiqlar.
- Kishilar jannatda doimiy qoladilarmi?
- Jannat ahli boqiy qoladi va unda qazoyu qadar yo’qdir.
- Jahannamga kirganlar-chi?
- Imonsiz kishilar jahannamda doimiy mahbus bo’lib qoladilar. Ularga o’lim yo’q. Ammo
gunohlari kechirilmasdan jahannamga kirgan osiy mo’minlar gunohlari miqdoricha
jazolanib, so’ng do’zaxdan
chiqadilar va jannatga qaytib, u joyda qoladilar.
Dostları ilə paylaş: