Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikas-
solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi
pokiza insonlar safiga sol, qiyomat
kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».
Tahoratdagi makruh amallar
- Tahoratda qaysi amallar makruhdir?
- Ular sakkiztadir:
1. Suvni ko’p
ishlatib, isrof qilmoq.
2. Burunni o’ng qo’l bilan yuvmoq.
3. Yuvilayotgan a’zolarni uch martadan ko’p yoki kam yuvmoq.
4. Boshga ikki marta mash tormoq.
5. Yuzga suvni qattiq chaplamoq.
6. Tahorat qilganda boshqa kishini ishga solmoq.
7. Tahorat chog’i dunyoviy so’zlarni so’zlamoq.
8. Tahorat chog’i
suvga tuflamoq, unga burunni qoqmoq.
Tahoratni buzuvchi amallar
- Nimalar tahoratni buzadi?
- Ularning soni o’n bittadir:
1. Orqa avratdan yel kelishi.
2. Najas chiqishi.
3.
Badandan qon, yiring yoki sariq suv oqishi.
4. Burun yoki tishning qonashi.
5. Kasalligi sababli ko’zdan qon yo yiring yosh kelishi.
6. Qon qusish.
7. Og’iz to’ldirib taom qusish.
8. Yotib yoki suyanib uxlash.
9. Devona bo’lish yoki hushdan ketish.
10. Namoz chog’i ovoz chiqarib kulish.
11. Er-xotin qo’shilishi.
Tahoratsiz kishi
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni yoki Alloh taolo so’zlari yozilgan qog’ozni ushlashi
joizmi?
- Yo’q, ammo muqovasini ushlashi mumkin.
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karim oyatlarini o’zicha o’qishi mumkinmi?
- Mumkin, lekin tayammum bilan o’qish undan yaxshiroqdir.
- Tahoratsiz kishining masjidga kirishi, qabristonni ziyorat etishi mumkinmi?
- Mumkin.
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
Dostları ilə paylaş: