Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
tamom qilmasdan biror alomat tufayli qiblaning boshqa tarafda ekanini anglab qolsa, 
nima qilish kerak?
- Namoz o’qib turgan holda o’sha tarafga aylanib ibodatini ado etishi lozim. 
- Bir necha kishi qiblani topolmay, har kim o’zicha bir tarafni qibla deb, hamma bir 
tarafga qarab ibodat qilsa, nima bo’ladi?
- Har kim o’zi moyil bo’lgan tarafga yolg’iz-yolg’iz holda ibodat qiladi. 
Niyat
- Namoz o’qishdan oldin namoz o’qishni niyat qilish shartmi?
- Dil bilan niyat qilish farz. Til bilan ham qaysi namoz ekanini aytib niyat qilish 
mustahabdir. Imomga ergashgan kishi ergashuvni ham niyat qilishi lozim. Ammo niyat 
tilda aytilib, dilda aytilmasa, niyat hisobga o’tmaydi. Agar dilda boshqa namozni aytib, 
tilda boshqasini aytib yuborsa, dilda aytilgani haqiqiydir. 
- Besh vaqt namozga qanday niyat qilinadi?
Niyatni har kim o’z tilida qilsa bo’ladi. Masalan, bunday: «Bomdod namozining ikki 
rakatli sunnatini muqaddas qiblam bo’lmish Ka’ba tarafga yuzlanib o’qishni niyat qildim. 
Xolis Alloh uchun». Qolgan namozlarda ham shunday. Faqat nomi hamda necha rakatligi 
o’zgarib turadi, xolos. 
Agar imomning orqasida turib o’qilayotgan bo’lsa, niyatni bunday qilish lozim, masalan: 
«Shom namozining uch rakatli farzini ushbu imomga ergashib o’qishni niyat qildim. 
Qiblam bo’lmish muqaddas Ka’ba sari yuzlandim. Xolis Alloh uchun». Farz namozlardan 
boshqa namozlarda «Allohning Rasuliga ergashib namoz o’qimoqni niyat qildim», deyilsa 
ham bo’ladi. 
 
Azon va iqomat
- Namoz o’qishdan avval qaysi amal sunnat hisoblanadi?
- Besh vaqt farz namozlari va juma namozi vaqti kirganda azon aytish va farzlarni 
o’qishdan oldin iqomat aytish sunnatdir. 
- Namoz o’qiladigan har bir joyda azon va iqomat aytish lozim bo’ladimi?
- Bir mahallaning masjidida aytilgan azon va iqomat butun mahalla uchun kifoyadir. 
Masjidda o’qigandan so’ng uyda namoz o’quvchi kishiga azon va iqomat lozim emas. 
Agar kishi xonadoni masjiddan uzoq bo’lsa, aytish afzaldir. 
- Azon qanday aytiladi?
- To’rt bora «Allohu akbar» («Alloh ulug’dir»). 
Ikki bora «Ashhadu anla ilaha illalloh» («Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh 
yo’q»). 
Ikki bora «Ashhadu anna Muhammadar rasululloh» («Guvohlik beramanki, Muhammad 
Allohning payg’ambaridir»). 
Ikki bora «Hayya ‘alas solah» («Namozga kelingiz»). 
Ikki bora «Hayya ‘alal falah» («Najotga kelingiz»). 
Ikki bora «Allohu akbar» va oxirida bir marta «La ilaha illalloh» («Allohdan o’zga iloh 
yo’q») kalimalari aytiladi. Bomdod namozining azonida «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki 
marta «Assolatu xoyrum minan navm» («Namoz uyqudan afzal»), deya aytiladi. 
Iqomat ham azonga o’xshash. Iqomatda «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Qod 
qomatis solah» («Namoz o’qishga qaddingizni rostlanglar»), deyiladi. 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Yana bir farqi – iqomat azondan tezroq aytiladi. Muazzin iqomatda «Hayya ‘alas solah», 
deganda namozxonlar joylaridan turib namozga niyat qilmoqlari, «Qodi qomatis solah», 
deganda o’rinlaridan turib, safga tizilmoqlari mustahabdir. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin